Yakshanba, 1-noyabr, 2026
Havo 101 sezgirlar uchun zararli Tirbandlik xaritasi
🌤 +11° kechasi +9°

Xakerlar 27 milliondan ortiq o‘zbekistonliklarning ma’lumotlarini qo‘lga kiritganini da’vo qilmoqda

Guruh vakillari tegishli davlat organlaridan ular bilan belgilangan muddat ichida bog‘lanishni talab qilgan. Aks holda, qo‘lga kiritilgan ma’lumotlar bazasini ochiq sotuvga chiqarish bilan tahdid qilgan.

1 daqiqa o‘qiladi

Xakerlar 27 milliondan ortiq o‘zbekistonliklarning ma’lumotlarini qo‘lga kiritganini da’vo qilmoqda

IT hamjamiyatida O‘zbekiston fuqarolarining shaxsiy ma’lumotlari sizib chiqqani haqidagi xabar tarqaldi. Darknetda e’lon qilingan sahifada o‘zini “BUTTERFLY” deb atagan xakerlar guruhi Adliya vazirligi huzuridagi Personallashtirish agentligi ma’lumotlar bazasiga buzib kirganini va 27 milliondan ortiq fuqaroning ma’lumotlarini qo‘lga kiritganini bildirmoqda.

Vakolatli organlarga muddat belgilangan


Guruh vakillari tegishli davlat organlaridan ular bilan belgilangan muddat ichida bog‘lanishni talab qilgan. Aks holda, qo‘lga kiritilgan ma’lumotlar bazasini ochiq sotuvga chiqarish bilan tahdid qilgan.


Da’volariga dalil sifatida esa Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatovning shaxsiy ma’lumotlarini e’lon qilishgan.

Hujum amalga oshirilgani hozircha tasdiqlanmagan


Dasturchilar darknetdagi sahifani tekshirib, uning haqiqatan ham mavjudligini aniqlagan. Biroq bu holat ma’lumotlar bazasi buzilgani yoki 27 milliondan ortiq fuqaroning shaxsiy ma’lumotlari o‘g‘irlanganini tasdiqlamaydi. Buni aniqlash tegishli vakolatli tashkilotlarning tekshiruvidan so‘ng ma’lum bo‘ladi.


Xakerlar davlat idoralari vakillaridan 2026-yil 2-noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 08:00 ga qadar ular bilan bog‘lanishni talab qilgan. Mazkur muddatdan keyin qanday harakat qilishlari hozircha ochiqlanmagan.