Bu yil Vikipediyada qidirilgan eng ko‘p so‘rov qaysi?
Vikipediya AQSh siyosati haqidagi so‘rovlardan tortib, Hindistondagi kriketgacha bo‘lgan mavzularda butun dunyo bo‘ylab millionlab odamlar uchun ma’lumot manbaiga aylanib ulgurgan.
2 daqiqa o‘qiladi

Vikipediya'ni boshqaradigan notijorat tashkilot Wikimedia jamg‘armasi 3-dekabr kuni eng ko‘p tashrif buyurilgan sahifalarning yillik ro‘yxatini e’lon qildi.
O‘limlar soni birinchi o‘rinni egalladi
Vikipediya AQSH siyosati haqidagi so‘rovlardan tortib, Hindistondagi kriketgacha bo‘lgan mavzularda butun dunyo bo‘ylab millionlab odamlar uchun ma’lumot manbaiga aylanib ulgurgan. 2024-yilda vafot etganlar ro‘yxati 44 milliondan ortiq ko‘rishlar soni bilan birinchi o‘rinni egallagan. Qayd etish joizki, 2015-yilda Wikimedia jamg‘armasi ma’lumotlarni e’lon qila boshlaganidan beri muayyan yildagi o‘limlar haqidagi sahifa besh marta ro‘yxatning birinchi o‘rnini egallagan. Mavzu hech qachon ro‘yxatda uchinchi o‘rindan pastga tushmagan.
Qiziqishlar turlicha
Odamlar, shuningdek, AQSH siyosiy arboblari, Teylor Svift kabi taniqli shaxslar va mashhur Amerika filmlari, shuningdek, global sport tadbirlari va Hindistondagi umumiy saylovlar bilan ham qiziqqan. 2023-yilning eng ko‘p tashrif buyurilgan maqolasi bo‘lgan ChatGPT o‘z reytingida 12-o‘ringa tushib ketdi.
Harris va Tramp reytingda
AQSH vitse-prezidenti Kamola Harris va 2024-yilgi AQSH prezidentlik saylovlari mos ravishda 29 million va 28 millionga yaqin ko‘rishlar soni bilan ro‘yxatda ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni egalladi. AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp beshinchi o‘rinni egalladi. U 2015-yildan beri deyarli har yili ro‘yxatda bo‘lib, bu yil u yana ro‘yxatda paydo bo‘lishidan oldin 2022 va 2023-yillarda undan tushib ketgan edi.
TOP-10
Quyida eng ko‘p qidirilgan 10 ta sahifa nomlari va qancha ko‘rilganligini statistikasi berilgan:
2024-yildagi o‘limlar – 44 440 344 marta ko‘rilgan
Kamola Harris – 28,960,278
2024-yil AQSH prezidentlik saylovi – 27 910 346 kishi
Layl va Erik Menendes – 26,126,811
Donald Tramp – 25 293 855
Hindiston Premer-ligasi – 24 560 689
Jeyms Devid Venc – 23,303,160
“Deadpool & Wolverine” – 22,362,102
“Project 2025” – 19 741 623



