$
 12600.05
16.0
 13605.53
70.13
 143.17
-0.63
weather
+26
Кечаси   +14°

Toʻyi bo‘lgan voyaga yetmaganlarning ota-onasi jazolanadi

to

Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoroda voyaga yetmaganlarning to‘y marosimi aks etgan video tarqaldi. Bolalar ombdusmani ushbu holat yuzasidan munosabat bildirdi.

Holat 29-iyun kuni boʻlgan

Aniqlanishicha, 2008-yilda Shofirkon tumanida tug‘ilgan A.A. (o‘g‘il bola) 2007-yilda Qorako‘l tumanida tug‘ilgan R.N. (qiz bola) ning o‘rtasida ikkala voyaga yetmaganning oilalari o‘zaro kelishuvi asosida joriy yilning 29-iyun kuni Buxoro shahrida nikoh to‘yi bo‘lib o‘tgan.

Ijarada turadigan yigit

Ma'lum qilinishicha, shofirkonlik yigit tayyorlov kurslarida qatnashish maqsadida Qorakoʻl tumaniga kelgan va ijara uyida yashab kelgan. Uning ota-onasi tadbirkorlik maqsadida Toshkent shahrida yashagan.

“Yigit ijarada yolgʻiz turadi. Bu vaziyatda farzandning ixtiyori oʻzida boʻladi. Ota-onasi Toshkentda. Qizimiz ham toʻliqsiz oilada voyaga yetgan ekan. Ota-onalari ajrashgan”, — deydi mahalla faoli.

Tergovga qadar tekshiruv

Yoshlar hali oilaga tayyor emasligi, oilasini qonuniylashtirishga esa asos yoʻqligi ta'kidlandi. Holat yuzasidan Qorakoʻl tuman IIB huzuridagi tergov guruhi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borildi.

Yoshlarning ota-onasi 47 ga "tortilishi" mumkin

 2-iyul kuni voyaga yetmaganlarning ota-onalari N.S. va N.Q. larni MJtKning 47-3 moddasi (Nikoh yoshi to‘g‘risidagi qonunchilikni yoki nikoh tuzish tartibini buzish) bilan ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan hujjatlar sudga yuborildi.

Oila kodeksining 15-moddasi

O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 15-moddasiga asosan, nikoh yoshi erkaklar va ayollar uchun 18 yosh etib belgilangan. Bu qonuniy talabning buzilishi bolaning ta’lim olish, sog‘lig‘ini saqlash hamda jismoniy, aqliy va ma’naviy uyg‘un ravishda kamol topishi huquqlariga mutlaqo ziddir.

Теги :
Жамият