AQSh vizasi uchun yangi tizim
O‘zbekistonda AQSh vizasi uchun yangi viza suhbatini belgilash tizimi ishga tushadi.
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda AQSh vizasi uchun yangi viza suhbatini belgilash tizimi ishga tushadi. Bu haqda Toshkentdagi AQSh elchixonasi xabar berdi.
Yangi xizmat imkoniyatlari
Yangi xizmat yordamida viza murojaatchilarining viza bo‘yicha ma’lumotga ega bo‘lish, talab etilgan viza uchun ma’muriy to‘lovni amalga oshirish, viza bo‘yicha suhbat sanasini belgilash hamda yetkazib berish xizmatidan foydalanish imkoniyatlari mavjud bo‘ladi.
Yangi suhbat uchun yangi sayt
Yangi suhbat tizimi 10-iyundan boshlab Uzvisa-info veb-saytida, 2-iyul va undan keyingi sanalarga barcha noimmigratsion viza suhbatlari sanasini belgilash uchun faoliyat yurita boshlaydi.
Hujjat topshirish tartibi
Yangi suhbat tizimi orqali, suhbatsiz vizaga murojaat etish talablariga javob beruvchi murojaatchilar, yetkazib berish xizmati yordamida hujjatlarini Konsullik Bo‘limiga topshirishlari hamda hujjatlarini belgilangan tegishli bo‘linmadan qabul qilib olishlari mumkin bo‘ladi.
Viza uchun to‘lov miqdori oshmaydi
AQSh Davlat Departamentining avvalgi suhbat tizimidan foydalangan holda Iyun oyi uchun suhbat sanasini belgilagan viza murojaatchilari, belgilangan sanada viza suhbatiga kelishlari va viza uchun to‘lovni binoning ichida suhbatdan avval amalga oshirishlari kerak bo‘ladi.
“Ushbu jarayondagi yangilanishlar natijasida viza uchun ma’muriy to‘lov miqdori o‘zgarmasligini inobatga olishingizni so‘raymiz”, deyiladi xabarda.



