Shanba, 14-noyabr, 2026
Havo 79 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
🌫 +2° kechasi +2°

30 kunlik vizasiz rejim va to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar: Gonkong O‘zbekistonga yanada yaqinlashmoqda

Gonkongning “HKG TVB News Today” telekanali O‘zbekistonning turizm salohiyati haqida maxsus reportaj tayyorladi. Unda mamlakatimizga qiziqish ortib borayotgani, vizasiz tartibning soddalashtirilayotgani va Gonkong hamda Toshkent o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviareyslar yo‘lga qo‘yilishi istiqbollari alohida ta’kidlangan. Shuningdek, reportajda vizasiz rejim muddatini 10 kundan 30 kungacha uzaytirish va Gonkong–Toshkent o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish sayyohlar oqimini sezilarli darajada oshirishi mumkinligi qayd etilgan. Bu esa avval yo‘nalish rivojlanishiga to‘sqinlik qilgan tranzit reyslarga qaramlikni kamaytirishi aytilmoqda.

2 daqiqa o‘qiladi

30 kunlik vizasiz rejim va to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar: Gonkong O‘zbekistonga yanada yaqinlashmoqda

Gonkongning “HKG TVB News Today” telekanali O‘zbekistonning turizm salohiyatiga bag‘ishlangan maxsus lavha tayyorladi. Unda mamlakatga bo‘lgan qiziqish ortib borayotgani, viza rejimining liberallashtirilayotgani hamda Gonkong va Toshkent o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviareyslarni yo‘lga qo‘yish istiqbollari ta’kidlangan. Materialda qayd etilishicha, vizasiz rejimning kengaytirilishi va to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarning yo‘lga qo‘yilishi turistlar oqimini sezilarli darajada oshirishi hamda ilgari yo‘nalish rivojlanishini cheklab kelgan tranzit marshrutlarga qaramlikni kamaytirishi mumkin.

Turizmning yangi ramzi — Islom sivilizatsiyasi markazi

Reportajda Toshkentdagi Islom sivilizatsiyasi markaziga alohida e’tibor qaratilgan bo‘lib, u mamlakatning eng muhim zamonaviy me’moriy va madaniy obyektlaridan biri sifatida taqdim etilgan. Ta’kidlanishicha, majmua zamonaviy texnologiyalar bilan an’anaviy islomiy estetika uyg‘unligini namoyon etadi hamda noyob tarixiy yodgorliklarni, jumladan qadimiy qo‘lyozmalarni saqlaydi. Ular orasida “Usmon Qur’oni” ham tilga olingan.

Vizalar va aviaqatnovlar bo‘yicha muhim kelishuvlar

6-iyun kuni Toshkentga Gonkongdan 70 dan ortiq turistik kompaniya vakillaridan iborat delegatsiya tashrif buyurdi. Tashrif davomida mehmonlar O‘zbekistonning turizm salohiyati bilan tanishib, Toshkent, Samarqand va Buxoro bo‘ylab sayyohlik yo‘nalishlarini ko‘zdan kechirdilar. Aynan ushbu safar doirasida tomonlar vizasiz rejim muddatini 10 kundan 30 kungacha uzaytirish hamda Gonkong va Toshkent o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni rivojlantirish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishgani tasdiqlandi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston viza tartib-taomillarini soddalashtirish va transport infratuzilmasini modernizatsiya qilish orqali turizm sohasini faol rivojlantirmoqda. O‘tgan yili mamlakatga 11 milliondan ortiq xorijiy sayyoh tashrif buyurgan. Gonkong turistik agentliklari vakillari esa sayohatchilar uchun yaratilgan qulay sharoitlar va yuqori xavfsizlik darajasini, jumladan kechki paytlarda ham erkin harakatlanish imkoniyatini alohida ta’kidladilar.

Hamkorlikning strategik ahamiyati

Osiyoning eng yirik moliyaviy va logistika markazlaridan biri bo‘lgan Gonkong O‘zbekistonni nafaqat istiqbolli turistik yo‘nalish, balki investitsiyalar va xalqaro hamkorlik sohalaridagi muhim hamkor sifatida ham ko‘rmoqda.