Latviya Oʻzbekiston fuqarolari uchun viza rejimini soddalashtiradi
O‘zbekiston va Latviya tashqi mehnat migratsiyasi sohasidagi hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldi.
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Olim Abdullayev Latviya elchisi Reynis Troksha bilan uchrashdi.
Viza rejimini soddalashtirish
TIV ma’lumotiga ko‘ra, uchrashuvda tashqi mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston fuqarolarini Latviyaga ishlash uchun tashkiliy jo‘natish, viza rejimini soddalashtirish, mehnat migratsiyasi sohasida qonunchilik bazasini yaratish va qo‘shma ta’lim muassasalari va markazlarini tashkil etish, shuningdek, Latviyadan mutaxassislarni jalb etish masalalari muhokama qilindi.
Mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik
Tomonlar mehnat migrantlari huquqlarini himoya qilishda ikki davlat mutasaddi idoralari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash muhimligini qayd etib, tashqi mehnat migratsiyasi sohasida ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirishga tayyor ekanliklarini tasdiqladi.



