$
 12848.38
27.91
 13512.64
42.17
 120.07
-2.19
weather
+26
Кечаси   +14°

Rossiya TIV: Markaziy Osiyo bilan viza rejimini joriy qilish rejalashtirilmayapti

Viza

Rossiya Markaziy Osiyo davlatlari bilan viza rejimini joriy qilmoqchi emas, dedi Rossiya Tashqi ishlar vazirligining MDH mamlakatlari uchinchi departamenti direktori Aleksandr Sternik RTVI bilan suhbatda.

Bu siyosiy elitaning shaxsiy fikri

Viza joriy etish toʻgʻrisidagi takliflar siyosiy elitaning ayrim vakillarining shaxsiy fikridir, dedi u. Davlat rahbariyati hozircha migratsiya siyosati prinsiplarini oʻzgartirish niyatida emas.

Sternik xorijiy fuqarolarni integratsiya qilish boʻyicha mutasaddi organlar faoliyatini kuchaytirganini taʼkidladi. Diplomatning aytishicha, mehnat migratsiyasi obyektiv ravishda talab etiladigan jarayon hisoblanadi. Agar uning qonuniyligi va shaffofligi taʼminlansa, migratsiya ham yuborib turuvchi, ham qabul qiluvchi davlat uchun foyda keltiradi.

Markaziy Osiyo davlatlari ham noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashda manfaatdor

Sternikning fikricha, Markaziy Osiyo davlatlari noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashda Rossiya tomoni kabi manfaatdor. Legal maqom mehnat muhojirlarining huquqlari buzilishidan himoya qiladi. Bundan tashqari, ularga davlat va ijtimoiy xizmatlardan foydalanish imkonini beradi.

Mironov taklifi

So‘nggi oylarda Rossiya Davlat Dumasi deputati Sergey Mironov O‘zbekistonning Qozon shahridagi bosh konsulligi fuqarolarimizni Rossiya armiyasida xizmat qilmaslikka chaqirgani sababli O‘zbekiston bilan viza rejimini joriy qilish lozimligini aytgan edi. Shuningdek, biznesmen Konstantin Malofeyev Markaziy Osiyo davlatlari bilan viza rejimini joriy etishga chaqirdi.

Теги :
Jamiyat