$
 12848.38
27.91
 13512.64
42.17
 120.07
-2.19
weather
+26
Кечаси   +14°

So‘z o‘yini: “O‘zbeklar haqqini mehnat qilib topadi, odam o‘ldirib emas”

Sergey Mironov

19-oktyabrda Rossiya Sotsialistik Partiyasi rahbari Sergey Mironov o‘z Twitter sahifasida O‘zbekistonning Qozondagi Bosh konsulxonasining o‘zbekistonliklarni Rossiya armiyasi saflariga qo‘shilmaslikka chaqiruvini tanqid qildi. Shundan so‘ng o‘zbekistonlik deputatlar Mironovning tanqidiga birin-ketin javob qaytara boshladi. 

Bunday "fuqarolar" kerak emas

Mironov o‘z bayonotida shunday dedi: O‘zbekistonning Qozondagi Bosh konsulxonasi o‘zbekistonliklarni Rossiya armiyasi saflariga qo‘shilmaslikka chaqirdi. Nega ular bolalar yordamini olmaslikka yoki boshqa imtiyozlardan foydalanmaslikka chaqirishmadi? Bu mumkin! Lekin seni boqadigan davlatni himoya qilish mumkin emas. Viza rejimi! Va faqat! Bunday "fuqarolar" kerak emas".

Расул Кушербаев высказался по поводу выдвижения Джахонгира Отажонова на  пост президента - Anhor.uz

Rasul Kusherbayevning javobi

Ko‘p o‘tmay O‘zbekistonlik sobiq deputat Rasul Kusherbayev Rossiya Sotsialistik Partiyasi rahbari Sergey Mironovning o‘zbekistonlik muhojirlarga qaratilgan tanqidiy bayonotiga Twitter orqali javob berdi. Rasul Kusherbayev o‘z javobida shunday deb yozdi: Sergey Mironovga savol: agar O‘zbekiston o‘z hududida ishlayotgan rossiyalik fuqarolarni O‘zbekiston tarafida jangarilik qilishga yuborsa, Rossiya diplomatik vakolatxonalari bunday holatga sukut saqlarmidi? Shuningdek, O‘zbekiston ham Rossiya fuqarolariga nisbatan vizalar rejimini joriy etish imkoniyatiga ega ekanini unutmaslik kerak".

Deputat Alisher Qodirov O'zbekistonda o'lim jazosini tiklashni taklif  qilyapti - xabar.uz

Alisher Qodirovning javobi

Bu orada “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi raisi Alisher Qodirov ham unga javob qaytardi. “O‘zbeklardek barakali xalq haqqini mehnat qilib topadi, odam o‘ldirib emas”, deb aytdi deputat. Rossiyani esa Mironovning o‘zi, o‘g‘illari, kuyovlari va nevaralari himoya qilishi kerakligini ta’kidladi. “Bilishimcha, ruslar ham Vatanni himoya qilishni o‘zbeklardagidek muqaddas burch hisoblaydilar”, dedi Alisher Qodirov.

Bunday solishtirish savodsizlik va ahmoqlikdir

Oliy Majlis deputati, “Yuksalish” harakati raisi Bobur Bekmurodov konsullik fuqarolarni O‘zbekistonda noqonuniy hisoblangan harakatlardan himoya qilishini tabiiy va adolatli, deb atadi va bunday tajovuzkor ritorika faqat ikki tomonlama munosabatlarga salbiy ta’sir ko‘rsatishini qayd etdi. “Vatandoshlarimiz o‘z mehnatlari bilan Rossiyaning iqtisodiyotiga hissa qo‘shyapti. Ijtimoiy nafaqalarni inson hayotiga tahdid qiluvchi harakat bilan solishtirish savodsizlik va ahmoqlikdir”, deydi Bobur Bekmurodov. Deputat O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi “Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risida”gi shartnomaning 7-moddasida “...bir tomon fuqarolari va yuridik shaxslarining qonuniy huquqlari va manfaatlarini boshqa tomon hududida kafolatlaydigan samarali choralar ko‘radilar”, deb yozilganini eslatdi.

Узбекский политик посоветовал Сергею Миронову заниматься законами РФ вместо  критики других стран

Sergey Mironov haqida

Eslatib o‘tamiz, Sergey Mironov — Rossiya siyosiy arbobi, “Spravedlivaya Rossiya" (Adolatli Rossiya) partiyasining rahbari. U 1953-yilda tug‘ilgan va Rossiya siyosiy sahnasida ko‘p yillar davomida faoliyat yuritib keladi. Mironov Rossiya Federatsiyasi Federal Kengashi raisi lavozimida 2001-yildan 2011-yilgacha ishlagan - bu Rossiya parlamentining yuqori palatasidagi eng yuqori rahbarlik lavozimi hisoblanadi. Mironov o‘zini jamiyatda adolat, ijtimoiy tenglik va inson huquqlarini himoya qilishga qaratilgan siyosatchi sifatida ko‘rsatadi. Ammo, siyosiy qarashlari va bayonotlari ko‘pincha bahsli bo‘lib, Rossiya ichida ham, xorijda ham turli xil munosabatlarga sabab bo‘ladi. Hozirgi kunda u Rossiyadagi asosiy siyosiy shaxslardan biri sifatida faoliyat yuritmoqda.

Mironovning migratsiya masalalaridagi pozitsiyasi

Sergey Mironov migratsiya masalalarida qat’iy va tanqidiy pozitsiyada turib, Rossiyada mehnat muhojirlari sonini cheklashni yoqlaydi. U o‘z chiqishlarida ko‘p bor Rossiyaga kelayotgan muhojirlar oqimini tartibga solishni va viza rejimini joriy etishni talab qilgan. Mironovning fikriga ko‘ra, muhojirlarning sonini nazorat qilish va ular uchun qo‘shimcha qoidalar o‘rnatish Rossiyaning ichki xavfsizligi va iqtisodiyoti uchun muhim ahamiyatga ega.U Rossiyada ishlayotgan muhojirlardan faqat ularning Rossiya qonunlariga va an’analarga mos ravishda yashashlari va ishlashlari kerakligini ta’kidlab keladi. Uning bunday bayonotlari ko‘pincha muhojirlarga nisbatan yovqarash va tanqidiy fikrlarni oshiradi.

Теги :
Jamiyat