$
 12933.16
-14.94
 14719.23
23.14
 158.28
1.35
weather
+26
Кечаси   +14°
textileads

Qozog‘istondagi go‘sht rastasida “Sibir kuydirgisi” virusi aniqlandi

go

Qozog‘istonning Atirau viloyatidagi eng yirik hisoblangan “Dina” bozoridagi chakana savdo obyektlarini tekshirish chog‘ida kuydirgi bakteriyasi aniqlandi. Bu haqda viloyat Sanitariya-epidemiologiya nazorati departamenti matbuot xizmati xabar berdi.

Virus aniqlangan go‘sht rastasi vaqtinchalik yopilgan

Ma’lum qilinishicha, pichoqni yuvishda bakteriyalar topilgan. Go‘sht sotilgan pavilon vaqtincha yopilgan, joylarda dezinfeksiya tadbirlari olib borilmoqda.

Bo‘limning xabar qilishicha, tezkor testlar patogen borligini tasdiqlagan. Shu tufayli laboratoriya tekshiruvlari natijalari olinmaguncha pavilon ishini to‘xtatishga qaror qilingan. Barcha zarur dezinfeksiya choralari sanitariya me’yorlariga muvofiq amalga oshiriladi. Pavilonda ishlayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar ro‘yxati shakllantirilib, ular 14 kun davomida shifokorlar nazoratida bo‘ladi.

Sibir kuydirgisi odamdan odamga yuqmaydi

Shuningdek, Atirau shahri aholisiga veterinariya nazoratidan o‘tgan go‘sht sotib olish, ovqatni kamida 70 daraja haroratda yaxshilab pishirish, xom go‘sht bilan aloqa qilgandan keyin qo‘l va asbob-uskunalarni yuvish, kelib chiqishi “Avvalroq, sanitariya xizmati mutaxassislari tomonidan shahardagi 65 dan ortiq savdo obyektlari tekshiruvdan o‘tkazilib, 700 dan ortiq namunalar olingan bo‘lsa-da, takroriy ko‘rikdan so‘ng qo‘shimcha namunalar olinib, ular Milliy ekspertiza markazida tekshirilmoqda. Natijalar yaqin kunlarda ma’lum bo‘ladi”, deyilgan departament xabarida.

Qo‘mita fuqarolarga noma’lum go‘sht yoki yetarli darajada issiqlik bilan ishlov berilmagan mahsulotlarni iste’mol qilmaslikni tavsiya qilgan.

“Sibir kuydirgisi odamdan odamga yuqmaydi, faqat hayvonlardan yoki ularning mahsulotlaridan yuqishi mumkinligini esga olish kerak”, deya ta’kidlagan boshqarma matbuot xizmati.