$
 12715.13
-45.08
 14730.48
25.61
 161.75
1.67
weather
+26
Кечаси   +14°
textileads

Ayrim transport vositalariga VIN raqamini shakllantirish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatiladi

vin

2025-yil 27-fevraldagi 127-sonli Hukumat qarori bilan “Transport vositasini ishlab chiqaruvchi yuridik shaxslarga transport vositasining identifikatsiya raqamini shakllantirish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti” tasdiqlandi. Ushbu reglament transport vositalarini ishlab chiqaruvchi yuridik shaxslarga VIN raqamini shakllantirish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish tartibini belgilaydi.

Davlat xizmatini ko‘rsatish tartibi va mas’ul tashkilot

Davlat xizmati Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali ko‘rsatiladi. Ushbu jarayonda O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining O‘zbekiston standartlar instituti transport vositalarining identifikatsiya raqamini shakllantirishni ta’minlaydi.

VIN kodining tuzilishi va qo‘llanish sohasi

VIN kodi uchta bo‘limdan iborat: ishlab chiqaruvchining xalqaro identifikatsiya kodi (WMI kodi), tavsiflovchi qismi (VDS) va ko‘rsatuvchi qismi (VIS). Ushbu kod transport vositalarini identifikatsiya qilish maqsadida beriladigan belgilar kombinatsiyasidan iborat bo‘lib, Vazirlar Mahkamasining “Muomalaga chiqarilayotgan g‘ildirakli transport vositalarining xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglament” bilan tartibga solinadigan g‘ildirakli transport vositalariga nisbatan tatbiq etiladi.

Теги :
Jamiyat