$
 12658.19
-100.17
 14672.11
-148.0
 161.44
-1.9
weather
+26
Кечаси   +14°

Mirziyoyev sustkash rahbarlarga nisbatan qat’iy ogohlantirish berdi

mirziyoyev

Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida mahallalarda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar sarhisobi va 2025-yil uchun ustuvor vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish davomida davlat rahbari mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘ygan rahbarlar borasida keskin ogohlantirish berdi.

Hududlardagi ijobiy natijalar

Prezidentning ta’kidlashicha, yil boshidan beri bank xizmatlari mahalla darajasigacha tushirilishi o‘zining ijobiy natijasini ko‘rsatgan. Bu haqda Sayxunobod, Uychi, Zarbdor va Gʻijduvon tumanlari misolida aniq raqamlar keltirildi. Masalan, Uychi tumanida 3 ming 200 ta faol mijoz bilan ishlab, 9 ming kishiga doimiy ish o‘rni yaratilgan, buning natijasida kambag‘allar soni 6 mingga kamaygan. Shuningdek, Sayxunobodda 12 ming odam o‘z tomorqasida daromad topishni o‘rgangan, Zarbdorda 13,5 ming va Gʻijduvonda 28 ming ish o‘rni yaratilgan.

Yil davomida ushbu tajriba asosida umumiy 3 million 300 ming aholi doimiy daromadga ega bo‘ldi. Xonadonlarning oylik daromadi 7,5 million so‘mdan 10,5 million so‘mgacha oshgani esa, ushbu tizimning samaradorligini yaqqol ko‘rsatdi.

Mas’uliyatsiz rahbarlarga choralar ko‘rildi

Yig‘ilishda davlat rahbari ayrim rahbarlarning “bu vaqtincha, bir-ikki yilda o‘tib ketadi” degan kayfiyatda ishlayotganini keskin tanqid qildi. Bunday munosabatning oqibatida iqtisodiy kompleksdagi 297 nafar rahbar o‘z lavozimidan ozod etilgani ma’lum qilindi. Ular o‘rniga tashabbuskor, zamonaviy fikrlaydigan yosh kadrlar ishga olingani ta’kidlandi.

“Qat’iy ogohlantiraman – mahallaga tushib, odamlarimiz va tadbirkorlar muammosini hal qilmagan rahbar ishlamaydi. Hamma o‘zgarishi kerak. Har bir rahbar odamlar roziligi uchun ishlashi shart,” – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Hokimlar va banklar hamkorligining natijalari

Tumanlarda hokimlar, banklar va mahalla yordamchilarining birgalikda ishlashi ham o‘z natijasini bergan. Masalan, Xo‘jayli, Asaka, Vobkent, Bulung‘ur, Yangiyer, Qo‘shtepa va Shovot kabi 57 ta tumanda ishsizlik darajasi 5 foizdan pasaydi.

Davlat rahbari yig‘ilish yakunida mamlakat oldida turgan siyosiy va iqtisodiy tahdidlarga alohida urg‘u berib, har bir rahbar mas’uliyatli va tezkor qaror qabul qilishini talab qildi.

“Dunyodagi vaziyat murakkablashib borayotgan bir paytda bunday masalalarga uzoq muddatli yechim topish muhim. O‘z vaqtida chora ko‘rmasak, keyin kech bo‘ladi,” – deya ta’kidladi Prezident.