Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 91 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +9° kechasi +8°

Videokuzatuv kameralari orqali ko‘chadagi zo‘ravonliklarni avtomatik aniqlay oladigan neyron tarmoq yaratildi

Yangi neyron tarmoq aholi punktlarida xavfsizlik darajasini oshirish uchun mo‘ljallangan.

1 daqiqa o‘qiladi

Videokuzatuv kameralari orqali ko‘chadagi zo‘ravonliklarni avtomatik aniqlay oladigan neyron tarmoq yaratildi

Rossiya va O‘zbekiston olimlari jamoasi videokuzatuv kameralari orqali ko‘chadagi zo‘ravonliklarni avtomatik aniqlay oladigan neyron tarmoqni yaratishdi. Bu haqda TASS nashri Janubiy Ural davlat universiteti (SUDU) matbuot xizmatiga tayanib xabar bermoqda. Ma’lum qilinishicha, yangi neyron tarmoq aholi punktlarida xavfsizlik darajasini oshirish uchun mo‘ljallangan. U Smart City tizimiga muvaffaqiyatli integratsiya qilinishi mumkin. 

Neyron tarmog‘ining ishlash tizimi

Neyron tarmog‘i kuzatuv kameralari tomonidan qayd etilgan ko‘cha zo‘ravonligi holatlarining 98% dan ortig‘ini aniqlay oladi. Modelda qo‘llanilgan ko‘plab vazifalarni o'z ichiga olgan mantiq “ha”, “yo‘q” va “aniqlanmagan” ma’nolaridan foydalanib faoliyat yuritadi. Ma'lumot uchun, SUSU universiteti raqamli sanoat, materialshunoslik va ekologiya sohasidagi loyihalarga ixtisoslashgan.