$
 12360.86
5.72
 14479.51
-60.02
 145.66
-2.82
weather
+26
Кечаси   +14°

Oʻzbekistondan qancha miqdorgacha valyuta olib chiqib ketish mumkin?

valyuta so

Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi naqd valyutasi va naqd chet el valyutasini Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali olib kirish va olib chiqib ketish qoidalarini tasdiqlash haqida” 66-sonli qaroriga koʻra, jismoniy shaxslar tomonidan ekvivalenti 100 000 000 (yuz million) soʻmga teng yoki undan oshmaydigan miqdordagi naqd valyuta mablagʻlarini Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga bojxona nazorati qoidalariga rioya etilgan holda cheklovlarsiz olib chiqiladi.

Yuz million soʻmdan koʻp mablagʻni qaysi hollarda olib ketishga ruxsat beriladi?

Jismoniy shaxslar tomonidan ekvivalenti 100 000 000 (yuz million) soʻmdan ortiq miqdordagi naqd valyuta mablagʻlarini Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqib ketishga quyidagi holatlarda yoʻl qoʻyiladi.

Rezidentlar tomonidan — xorijiy davlatlarga xizmat safariga ketayotgan Hukumat delegatsiyasi aʼzolari uchun Vazirlar Mahkamasining farmoyishi asosida;

Norizidentlar

Norezidentlar tomonidan — Oʻzbekiston Respublikasiga kirish chogʻida rasmiylashtirilgan yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasi asosida deklaratsiya qilingan mablagʻlar doirasida, shuningdek, respublikada belgilangan tartibda tashkil qilingan xalqaro musobaqalar (tanlovlar, olimpiadalar) sovrindorlari yoki qatnashchilari tomonidan mablagʻlarning qonuniyligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida.

Bunda norezident jismoniy shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasiga kirish chogʻida toʻldirilgan yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasida koʻrsatilgan naqd valyuta mablagʻlaridan respublika hududida qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiq foydalanilgan qoldiq miqdori doirasidagi naqd valyuta mablagʻlarini Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqishga yoʻl qoʻyiladi.

Теги :
Jamiyat