$
 12175.34
4.67
 14063.74
15.14
 154.29
1.99
weather
+26
Кечаси   +14°

Hududlarda iqtisodiy o‘sishni tezlashtirish uchun hokimliklarga yangi vakolatlar beriladi

vakolat

20-dekabr kuni Prezidentning “Hududlarda yuqori iqtisodiy o‘sish va aholi bandligini ta’minlashning yangi tizimini yo‘lga qo‘yish hamda bu borada mahalliy hokimliklarning roli va mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi.

Iqtisodiy o‘sish va kambag‘allikni kamaytirish uchun yangi maqsadlar

Farmonga koʻra, mahalliy hokimliklar mas’uliyati va hisobdorligini oshirish hamda ularning tashabbuskorligi, islohot va oʻzgarishlarga “egalik qilish” rolini kuchaytirishga qaratilgan tizim joriy etiladi.

2025-yilda respublika va hududlar kesimida iqtisodiy oʻsish, ishsizlik hamda kambagʻallik darajasini pasaytirish boʻyicha maqsadli koʻrsatkichlar tasdiqlandi.

Hokimliklarga berilgan moliyaviy vakolatlar

Mahalliy davlat hokimiyati organlariga quyidagi moliyaviy imkoniyat va vakolatlar beriladi:

2025-yil 1-yanvardan aylanmadan olinadigan soliq, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq, yuridik shaxslardan olinadigan er soligʻi, davlat aktivlarini ijaraga berishdan tushumlarni toʻliq hajmda hamda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi tushumlarining kamida 50 foiz qismini tuman (shahar)lar byudjetlariga oʻtkazish;

mahalliy davlat hokimiyati organlariga tegishli boʻlgan aksiyalar (ulushlar)ni sotishdan tushgan mablagʻlarning 90 foizi Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika byudjetiga, viloyatlarning viloyat byudjetiga va Toshkent shahrining shahar byudjetiga hamda ob'ekt joylashgan tuman (shahar) byudjetiga teng ulushlarda taqsimlanadi.

Tuman va shahar kengashlarining vakolatlari

2025-yildan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar kengashlariga:

tuman (shahar)larning iqtisodiy rivojlanish darajasidan kelib chiqib, YaTTlar uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻining eng kam va eng yuqori qat'iy belgilangan stavkalari doirasida tuman (shahar)lar kesimida YaTTlarga qat'iy soliq stavkalari miqdorini belgilash;

 

soliq solish maqsadida qoʻllanadigan koʻchmas mulk ijara qiymatining 1 metr kvadrat uchun oʻrnatilgan minimal miqdorlariga nisbatan tuman (shahar)lar kesimida 2 barobargacha oshiruvchi koeffisient, xususan, Toshkent shahrida ushbu oshiruvchi koeffisientni er soligʻi kabi zonalar kesimida qoʻllash;

 xalq deputatlari tuman (shahar)lar kengashlariga:

suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalariga 0,7 barobardan 1,5 barobargacha kamaytiruvchi yoki oshiruvchi koeffisient qoʻllash;

noruda qurilish materiallari boʻyicha er qa'ridan foydalanganlik uchun soliqning qat'iy belgilangan stavkalariga 1,3 barobargacha oshiruvchi koeffisient belgilash vakolatlarini berish.

Hokimliklarga yangi ma’muriy vakolatlar

2025-yil 1-martdan hududi 10 ming metr kvadratdan, baholangan qiymati 5 ming BHMdan oshmagan hamda 6 oy davomida sotilmagan mahalliy davlat hokimiyati organlariga tegishli koʻchmas mulk obyektlarini 2 yil ichida yangi loyihani ishga tushirish va ish oʻrinlari yaratish sharti bilan:

tadbirkorlarga toʻgʻridan-toʻgʻri 10 yil muddatga ijaraga berish hamda davlat mulki uchun 4 yil davomida uzluksiz ijara toʻlovlarini amalga oshirgan va ijara shartnomasi shartlarini bajargan tadbirkorga xususiylashtirish yoki baholangan qiymatda toʻgʻridan-toʻgʻri sotish;

xalqaro tan olingan xorijiy til va malaka sertifikatlarini olishga oʻqitadigan mahalliy hamda xorijiy mutaxassislar yoki tashkilotlarga dastlabki birinchi yili ijara toʻlovi undirmasdan 5 yil muddatga keyinchalik uning muddatini uzaytirish sharti bilan ijaraga berish.

Tuman (shahar)lar hokimliklariga beriladigan vakolatlar

 Tuman (shahar)lar hokimliklariga quyidagi yoʻnalishlarda ma’muriy vakolatlar beriladi:

davlat boshqaruvi organlari va tadbirkorlar oʻrtasida “doimiy aloqa” tizimini yaratish maqsadida tuman (shahar)larda Tadbirkorlar jamoatchilik kengashini tuzish;

2025-yil 1-yanvardan belgilangan vazirlik va idoralarning tuman (shahar) boʻlimlari rahbarlarini mas'ul vazirlik va idoralarning hududiy boshqarmalari bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish, shuningdek, tegishli mas'ullarga ragʻbatlantirish yoki intizomiy javobgarlikka tortish choralarini koʻrish;

2025-yil 1-yanvardan 2026-yil 1-yanvargacha belgilangan roʻyxat boʻyicha tuman (shahar)larda huquqiy eksperiment tariqasida tuman (shahar) hokimligi faoliyatini “Aholi va tadbirkorlar manfaatlariga xizmat qilish” yangicha yondashuvi asosida tashkil etish.

Теги :
Jamiyat