$
 12055.81
36.54
 14008.85
24.43
 169.06
3.41
weather
+26
Кечаси   +14°

Uzum Market sotuvchilar uchun qadoqlash, tovarlarni utilizatsiya qilish va hujjatlar aylanishi qoidalarini yangilaydi

Uzum

2026-yil 4-iyundan boshlab Uzum Market FBO, FBS va DBS sxemalari bo‘yicha sotuvchilar uchun alohida taklif qoidalari va yo‘riqnomalarini yangilamoqda. O‘zgarishlar tovarlarni qadoqlash, saqlash, hujjatlar aylanishi va sotuvchining shaxsiy kabineti orqali ishlashga taalluqlidir.

Marketpleys qadoqlash qoidalari buzilganda tovarlarni TTMga topshirish tartibini aniqlashtiradi. Agar sotuvchi xabardor qilinganidan keyin bir kun ichida e’tiroz bildirmasa, tovarni topshirishga rozilik olingan hisoblanadi. E’tiroz bildirilgan taqdirda, tovarni uch kalendar kuni ichida olib ketish lozim. Agar tovar olib ketilmasa, Uzum Market uni TTMga topshirish yoki utilizatsiya qilish huquqiga ega. Batafsil ma’lumot havola orqali.

Bundan tashqari, uzoq muddat saqlanganda yoki qoidabuzarliklar yuz berganda, tovar shtrix-kod, markirovka, qadoqlash buzilganda, tovarning nomuvofiqligi yoki yetkazib berishda ortiqcha bo‘lganda muammoli bo‘limga tushishi mumkin. Shuningdek, qadoqlash yoki markirovkalash talablari buzilgan tovar sotuvga qabul qilinmasligi yoki sotuvchiga qaytarilishi mumkinligini inobatga olish muhimdir. Bunday holda sotuvchi elektron pochta yoki sotuvchining shaxsiy kabineti orqali xabardor qilingan paytdan boshlab 10 kalendar kun ichida tovarni olib ketishi shart. Qoidabuzarliklarni bartaraf etish uchun TTM xizmatlaridan foydalanish mumkin. Batafsil ma’lumotni havola orqali olishingiz mumkin.

Shuningdek, 2026-yil 4-iyundan boshlab qaytarilgan va topshirishga tayyor tovarlarni saqlash qoidalari yangilanadi. Agar sotuvchi xabarnoma yuborilganidan so‘ng 30 kalendar kun ichida bunday tovarlarnu olib ketmasa, marketpleys ularni sotuvchi hisobidan utilizatsiya qilish huquqiga ega bo‘ladi.

Batafsil ma’lumot bilan havola orqali tanishish mumkin.

Hujjat aylanishi qoidalari qo‘shimcha ravishda yangilanmoqda. Vositachining hisoboti shaxsiy kabinetda hisobot oyidan keyingi oyning 6-sanasidan boshlab, hisob-faktura va bajarilgan ishlar dalolatnomasi esa 19-sanasigacha mavjud bo‘ladi. Besh kalendar kun ichida hisob-faktura qabul qilinmagan taqdirda, Uzum Market shaxsiy kabinet funksiyasidan foydalanishni vaqtincha cheklash, jumladan do‘konlarni bloklash va sotuvni cheklash huquqiga ega.  Batafsil ma’lumot havola orqali.

DBS sxemasi bo‘yicha sotuvchilar uchun omborlar va yetkazib berish muddatlarini sozlash qoidalari ham aniqlanadi — har bir hudud uchun alohida yoki barcha hududlar uchun bir vaqtning o‘zida 1 kundan 5 kungacha muddat belgilash mumkin. Batafsil ma’lumot havola orqali.

Reklama huquqlari asosida