$
 11795.00
-18.09
 13698.71
21.51
 135.80
0.19
weather
+26
Кечаси   +14°

Uzum Market pul mablag‘larini joylashtirish va “Original” nishonidan foydalanish qoidalariga aniqlik kiritmoqda

uzum market

2026-yil 21-sentyabrdan boshlab Uzum Market sotuvchilar uchun Vositachilik shartnomasiga (ofertaga) o‘zgartirishlar kiritib, suvenir pul mablag‘lari va qimmatli qog‘ozlarni marketpleysda joylashtirish qoidalarini aniqlashtiradi.

Yangilangan qoidalarga ko‘ra, Uzum Market’da pul valyutalari va qimmatli qog‘ozlarni: har qanday valyutadagi haqiqiy banknotlar va tangalarni, shuningdek aksiyalar, obligatsiyalar va boshqa turdagi qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish taqiqlanadi.

Esdalik pul kupyuralari bundan mustasno. Ularni joylashtirishga tovarning nomi va tavsifida kupyura suvenir ekanligi va to‘lov vositasi hisoblanmasligi to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatilgan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Tovar kartochkasidagi ma’lumotlar ham xaridorlarni tovarning haqiqiyligi haqida chalg‘itmasligi kerak.

Batafsil ma’lumot bilan havola orqali tanishish mumkin.

Shuningdek, 2026-yil 21 sentyabrdan boshlab Uzum Market marketpleysda ayrim tovar toifalarini joylashtirish va Original nishonidan foydalanish qoidalariga aniqlik kiritadi.

O‘zgarishlardan biri Original nishonli tovarlarga tegishli. Uzum Market ularning originalligi ustidan nazoratni kuchaytirmoqda. Agar platformada tovarning haqiqiyligiga asosli shubhalar paydo bo‘lsa — masalan, shikoyatlar, aniqlangan nomuvofiqliklar yoki noto‘g‘ri hujjatlar tufayli — nishon vaqtincha olib tashlanishi mumkin.

Bunday holda sotuvchiga dolzarb hujjatlarni yoki tovarning aslligini tasdiqlovchi boshqa dalillarni taqdim etish zarur. Tekshiruvdan o‘tkazilgandan va haqiqiyligi tasdiqlangandan so‘ng, Originalnishoni tiklanishi mumkin.

Batafsil ma’lumot bilan havola orqali tanishish mumkin.

Uzum Market sotuvchilar uchun shaffof sharoitlar yaratish va xaridorlarga ishonchliroq tanlov qilishga yordam berish maqsadida platforma qoidalari va vositalarini takomillashtirishda davom etmoqda.

Reklama huquqlari asosida