$
 11909.66
-24.58
 13588.92
-2.99
 152.28
-0.7
weather
+26
Кечаси   +14°

Uzum Market tijorat komissiyalarini yangilamoqda

Uzum

Uzum Market ayrim tovarlar toifalari uchun tijorat komissiyalari yangilangani haqida xabar beradi.

2026-yil 20-iyuldan boshlab Uzum Market marketpleysida bir qator tovar toifalari uchun yangilangan tijorat komissiyalari amal qila boshlaydi. O‘zgarishlar toifalarni yanada rivojlantirish, sotuvchilar uchun raqobat sharoitlarini saqlab qolish va platforma samaradorligini oshirishga qaratilgan.

Ba’zi toifalar uchun tijorat komissiyalari bo‘yicha maxsus shartlar saqlanib qoladi, ayrim toifalar uchun esa komissiya miqdori platformaning dolzarb ish shartlariga muvofiq yangilanadi.

Amaldagi tijorat komissiyalari va joriy chegirmalarning to‘liq ro‘yxati bilan sotuvchilar havola orqali tanishishlari mumkin.

Uzum Market platformada biznesni rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar yaratib, sotuvchilar uchun ish sharoitlarini rivojlantirish va yaxshilashda davom etadi.

Reklama huquqlari asosida