$
 12050.34
61.42
 13685.57
21.8
 153.29
-0.2
weather
+26
Кечаси   +14°

Uzum Market tovarlarni qabul qilish va pul mablag‘larini to‘lash qoidalarini yangilamoqda

uzum

2026-yil 14-avgustdan boshlab Uzum Market'da sotuvchilar uchun shartnoma va yo‘riqnomalarga kiritilgan o‘zgartirishlar kuchga kiradi.

Endilikda tovarlarni qabul qilishda marketpleys ularning ishlash qobiliyati va O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga muvofiqligini tanlab tekshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Tekshiruv tovar toifasi va xususiyatlaridan kelib chiqqan holda yagona mezonlar bo‘yicha o‘tkaziladi. BFQ, bolalar ovqati, kosmetika va oziq-ovqat mahsulotlari kabi alohida toifalar uchun batafsilroq tekshiruv qo‘llanilishi mumkin.

Shuningdek, 2026-yil 14-avgustdan boshlab to‘lovlar tartibi yangilanadi: zarur hollarda, pul mablag‘larini o‘tkazish muddati tanlangan to‘lov jadvalida ko‘rsatilgan sanadan boshlab to‘rt ish kunigacha uzaytirilishi mumkin. To‘lov muddatiga bayram kunlari va banklarning ish rejimi ham ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Bundan tashqari, yangi 7.2-bandda belgilanishicha, marketpleys komissiyalari logistika, saqlash, tanlangan to‘lov jadvali va mablag‘larni «shoshilinch» yechib olish kabi qo‘shimcha xizmatlar narxini o‘z ichiga olmaydi. Ular shartnoma va yo‘riqnomaga muvofiq alohida hisoblanadi.

O‘zgartirishlar haqida batafsil ma’lumotni havola orqali olishingiz mumkin.

Bundan tashqari, 2026-yil 14-avgustdan boshlab Uzum Market «Eng arzon narx kafolati» dasturi shartlarini yangilaydi. Endi, agar xaridor buyurtmani rasmiylashtirgandan so‘ng raqobatchilarda yoki Uzum Market'da bir xil tovarni arzonroq narxda topsa, u @Uzum_support_bot orqali qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qilishi va promokod ko‘rinishidagi kompensatsiyani olishi mumkin. Buyurtma rasmiylashtirilgandan so‘ng uch kun ichida murojaat qilish mumkin.

Batafsil ma’lumotni havola orqali olishingiz mumkin.

Uzum Market savdo maydonchasi sotuvchilar uchun ish sharoitlarini yaxshilashda davom etmoqda, shuningdek, sotuvchilarning fikr-mulohazalari asosida zarur o‘zgartirishlar kiritmoqda.

Reklama huquqlari asosida