$
 12093.35
4.37
 13867.44
65.45
 155.22
0.75
weather
+26
Кечаси   +14°

Uzum Market sotuvchilar uchun komissiya va ish qoidalarini yangilamoqda

UZUM

2026-yil 3-avgustdan boshlab Uzum Market zargarlik buyumlari uchun toifalar daraxtini yangilaydi. Zargarlik buyumlaritoifasi Oltin va Kumush kichik toifalariga bo‘linadi, bu esa sotuvchilarga assortimentni qulayroq boshqarish va tovarlarni qimmatbaho metallar tarkibiga ko‘ra aniqroq taqsimlash imkonini beradi. Platforma uchun bunday bo‘lish toifalarning bozor marjinalligini ko‘rsatish imkonini beradi. Yangilangan komissiyalar: tilla buyumlar uchun 9% va kumush buyumlar uchun 15% 2026-yil 3-avgustdan kuchga kiradi.

Yangilangan toifalar daraxti bilan havola orqali tanishishingiz mumkin.

Bundan tashqari, 2026-yil 3-avgustdan boshlab Uzum Market'da bir qator toifadagi tovarlar uchun yangilangan komissiyalar kuchga kiradi. O‘zgarishlar oshxona tovarlarining ayrim toifalari, pishirish uchun idishlar, choy va bar idishlari, shuningdek, Padel toifasiga ta’sir qiladi. Yangilangan komissiyalar toifaga qarab 22% va 25% ni tashkil etadi.

Toifalarning to‘liq ro‘yxati va komissiyalarning yangi miqdorlari bilan havola orqali tanishishingiz mumkin.

Bundan tashqari, 2026-yil 3-avgustdan boshlab Uzum Marketda eDBS sxemasi bo‘yicha buyurtmalar bekor qilingani uchun jarima hisoblash qoidalari yangilanadi. O‘zgarishlar buyurtma xaridorga belgilangan muddatda yetkazilmagan yoki yaratilganidan keyin 12 soatdan keyin bekor qilingan holatlarga taalluqli bo‘ladi. Jarima miqdori buyurtmani bekor qilish vaqtiga bog‘liq. Agar sotuvchi xaridor bilan bog‘lana olmasa, mijoz bilan bog‘lanishga uringanini tasdiqlovchi hujjat taqdim etgan holda, kompensatsiyani ko‘rib chiqish uchun Uzum Market biznesni qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qilishi mumkin.

Jarima hisoblashning yangi shartlari va ularning miqdori haqida batafsil ma’lumot – havola orqali.

Uzum Market platformada sotuvchilar uchun ish sharoitlarini yaxshilashda, shuningdek, elektron tijorat bozoridagi o‘zgarishlarga tezkorlik bilan javob berishda davom etmoqda.

Reklama huquqlari asosida