$
 12012.21
7.46
 13731.16
39.74
 158.14
1.03
weather
+26
Кечаси   +14°

Uzum Market zargarlik buyumlariga komissiyalarni pasaytirmoqdai va eDBS sxemasi bo‘yicha toifalar ro‘yxatini kengaytirmoqda

Uzum

2026-yil 27-iyuldan boshlab Uzum Market'da zargarlik buyumlariga pasaytirilgan komissiyalar va eDBS ish sxemasi bo‘yicha kengaytirilgan toifalar ro‘yxati kuchga kiradi.

Uzum Market «Zargarlik buyumlari» toifasi uchun barcha ish sxemalarida komissiyani 9% gacha pasaytiradi. O'zgarishlar ushbu toifadagi sotuvchilarni qo'llab-quvvatlashga va  marketpleysda zargarlik buyumlari assortimentini rivojlantirishga, shuningdek xaridorlarning mavsumiy talabini qoplashga qaratilgan. Tegishli tuzatishlar 2026-yil 27-iyuldan kuchga kiradi.

Toifalarning to‘liq ro‘yxati bilan havola orqali tanishishingiz mumkin.

Bundan tashqari, 2026-yil 27-iyuldan boshlab Uzum Market eDBS* ish sxemasi bo‘yicha ishlash mumkin bo‘lgan toifalar ro‘yxatini kengaytirmoqda. O‘zgarish sotuvchilarga yangi tovar yo‘nalishlari uchun eDBS modelidan foydalanish imkonini beradi.

Yangi toifalarning to‘liq ro‘yxati bilan havola orqali tanishishingiz mumkin. 

*eDBS (External Deal, Buyer-Seller) — bu xaridor va sotuvchi o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik sxemasi bo‘lib, unda xaridor Uzum Market'dagi tovarlar haqidagi ma’lumotlarni bilib oladi, lekin tomonlar o‘rtasidagi bitim Uzum Market ishtirokisiz tuziladi. To‘lov, kafolat va qaytarish bilan bog‘liq barcha masalalarni sotuvchi va xaridor mustaqil — platforma ishtirokisiz hal qiladi. 

Uzum Market platformada sotuvchilar uchun ishlash imkoniyatlarini oshirishda, shuningdek, marketpleysda turli ish sxemalari uchun tovarlar toifalarini kengaytirishda davom etmoqda.

Reklama huquqlari asosida