$
 12052.05
39.93
 13985.20
49.94
 165.30
-0.82
weather
+26
Кечаси   +14°

Uzum Market yangi tovar toifalarini qo‘shmoqda va “Buyurtmalarni ko‘paytirish” targ‘ibot vositasining ishlash qoidalarini yangilayapti

UZUM

Uzum Market ayrim tovar toifalari tarkibi yangilangani, shuningdek,«Buyurtmalarni kopaytirish targ‘ibot vositasidan foydalanganda mablag‘larni hisobdan chiqarish tartibi o‘zgargani haqida xabar beradi.

O‘zgarishlar 2026-yil 3-iyuldan kuchga kiradi va platformada reklama imkoniyatlarini yanada rivojlantirish hamda sotuvchilar va xaridorlar uchun tovarlar katalogini takomillashtirishga qaratilgan.

Yangilanishlar doirasida Uzum Market marketpleys toifalari tuzilmasini kengaytiradi va yangilaydi. Bir qator tovarlar uchun katalogda joylashtirish yo‘llari o‘zgartiriladi, shuningdek, komissiyalari belgilangan yangi toifalar yaratiladi. O‘zgarishlar qurilish va ta’mirlash, suv ta’minoti, mebel, uy-ro‘zg‘or buyumlari, sevimli mashg‘ulotlar va ijod, kanselyariya tovarlari, avtotovarlar va boshqa yo‘nalishlarga taalluqlidir. Yangilangan tuzilma tovarlarni aniqroq tasniflash, katalog bo‘ylab navigatsiyani yaxshilash va xaridorlar uchun qidiruv sifatini oshirish imkonini beradi.

Yangilangan toifalar tuzilmasi haqida batafsil ma’lumotni havola orqali olishingiz mumkin.

Bundan tashqari, 2026-yil 3-iyuldan boshlab Uzum Market «Buyurtmalarni ko’paytirish» targ‘ibot vositasiga o‘zgartirishlar kiritadi. Endi reklama mukofoti xaridor buyurtmani olgandan keyin bir soat o‘tgach yechib olinadi. O‘zgarish olingan buyurtma uchun to‘lov (Cost-Per-Order) modeli bo‘yicha targ‘ib qilinadigan barcha joylashtirishlarga tatbiq etiladi.

Yangi tartib platformaning reklama vositalari bo‘yicha hisob-kitob jarayonlarini birxillashtirish va sotuvchilar uchun reklama xarajatlarini hisoblashning yanada shaffof mexanizmini ta’minlash imkonini beradi.

Barcha o‘zgarishlar sotuvchi yo‘riqnomasida aks ettiriladi va kuchga kirish sanasidan boshlab avtomatik ravishda tatbiq etiladi. Buyurtmalarni ko’paytirish vositasining yangilangan ishlash qoidalari haqida batafsil ma’lumotni havola orqali olishingiz mumkin.

Reklama huquqlari asosida