$
 11993.53
40.8
 14054.02
32.27
 158.52
-0.96
weather
+26
Кечаси   +14°

Uzum Market tovarlar rasmlariga qo‘yiladigan talablarni yangilamoqda, “Original” plashkasi olishni eslatadi hamda FBO va FBS ish sxemalari bo‘yicha qoidalarni yangilamoqda

uzum

2026-yil 20-maydan boshlab Uzum Market tovar kartochkalarida fotosuratlarga ruxsat berish talablarini yangilamoqda (sotuvchi yo‘riqnomasining 5.7-bandi). Rasmlarning minimal o‘lchamlari 750 × 1000 pikselgacha pasaytiriladi (ilgari 1080 × 1440 edi). Shu bilan birga, foto va video kontentga qo‘yiladigan boshqa talablar o‘zgarishsiz qoladi.

O‘zgarishlar sifatni saqlagan holda kontent bilan ishlashni soddalashtirishga qaratilgan: rasmlar aniq, o‘qishli bo‘lishi va tovar hamda uning xususiyatlarini to‘g‘ri aks ettirishi kerak.

Shuningdek, Uzum Market “Original” plashkasini olish imkoniyatini eslatib o‘tadi. Buning uchun tovarning aslligini tasdiqlash va hujjatlarni biznesni qo‘llab-quvvatlashga taqdim etish lozim. Hujjatlar ro‘yxati xarid usuliga bog‘liq bo‘lib, belgi faqat tovar kartochkasida brend ko‘rsatilgandagina o‘rnatilishi mumkin.

Batafsil ma’lumot bilan havola orqali tanishish mumkin.

Uzum Market sotuvchilarga barcha talablarni oldindan tekshirishni va zarur bo‘lsa, tovarlarni rasmlarini yangilashni tavsiya etadi.

Shuningdek, Uzum Tezkor xizmatidan foydalanish shartlari aniqlashtirildi — yetkazib berish logistika hamkorlari kuryerlari orqali amalga oshiriladi, xizmatni rasmiylashtirish esa tegishli oferta va maxfiylik siyosati asosida tartibga solinadi.

Bundan tashqari, yetkazib berishning qat’iy narxi belgilangan:

velokuryer — buyurtmalarni eng yaqin BTPga yetkazib beradi, belgilangan narxi — 20 000 so‘m;

avtokuryer — buyurtmalarni omborga yetkazib beradi, narxi — 40 000 so‘m.

Tafsilotlar bilan havola orqali tanishish mumkin.

Bundan tashqari, 2026-yil 20-maydan boshlab Uzum Market FBO sxemasi bo‘yicha yetkazib berishlarni qabul qilishdagi tafovutlarni hisoblash qoidalarini ham yangilaydi. Endi kamomad, ortiqcha, shikastlangan shtrix-kod va peresort alohida qayd etiladi. Jarimalar har bir muammoli SKU birligi bo‘yicha avtomatik tlarzda hisoblanadi.

Kamomad faqat to‘g‘ri tovarlar soni kamaygan taqdirda hisobga olinadi, peresort va boshqa tafovutlar esa alohida tariflanadi. Jarima summasi muammoli birliklar sonini belgilangan qat’iy stavkaga ko‘paytirish orqali avtomatik ravishda shakllantiriladi.

Batafsil ma’lumot bilan havola orqali tanishish mumkin.

Reklama huquqlari asosida