$
 11988.92
-30.16
 13663.77
-25.96
 153.49
-0.38
weather
+26
Кечаси   +14°

Uzum Market yo‘qolgan yoki shikastlangan tovarlar uchun tovon to‘lash tartibini yangilamoqda

uzum

2026-yil 14-avgustdan boshlab Uzum Market'da marketpleys aybi bilan yo‘qolgan yoki shikastlangan tovarlar qiymatini qoplash to‘g‘risidagi talablarni ko‘rib chiqish tartibiga o‘zgartirishlar kuchga kiradi.

Yangi ish qoidalariga ko‘ra, Uzum Market yozma talabnomani olgandan so‘ng murojaatni ko‘rib chiqadi va 60 kalendar kun ichida tovon pulini o‘tkazadi. Tovarning yo‘qolishi yoki shikastlanishi holatlarini aniqlash uchun inventarizatsiya o‘tkazish, ombordagi tovar harakatini tekshirish yoki zarur bo‘lganda qo‘shimcha ma’lumot so‘rash, ko‘rib chiqish muddati bir marta — ko‘pi bilan 10 kalendar kunga uzaytirilishi mumkin. Muddatning uzaytirilishi va uning sabablari haqida sotuvchi oldindan xabardor qilinadi.

Agar murojaatni ko‘rib chiqish uchun qo‘shimcha hujjatlar yoki tushuntirishlar zarur bo‘lsa, Uzum Market ularni sotuvchidan so‘raydi. Javobni kutish vaqtida ko‘rib chiqish muddati to‘xtatiladi va barcha zarur hujjatlar olingandan so‘ng qayta tiklanadi.

O‘zgartirishlar haqida batafsil ma’lumotni havola orqali olishingiz mumkin.

Uzum Market sotuvchilar bilan o‘zaro aloqani yanada shaffof, tushunarli va qulay qilish maqsadida marketpleysdagi jarayonlarni takomillashtirishda davom etmoqda.

Reklama huquqlari asosida