$
 11833.37
35.91
 13577.61
-30.76
 139.79
0.02
weather
+26
Кечаси   +14°

Uzum Market bir qator toifalar bo‘yicha komissiyalarni yangilamoqda

uzum

2026-yil 5-oktyabrdan boshlab ayrim toifadagi tovarlar bo‘yicha vositachilik haqi miqdoridagi o‘zgarishlar kuchga kiradi. Qurilish va ta’mirlash, dala hovli, bog‘ va poliz, avtotovarlar, santexnika kabi 45 ta yirik toifadagi xizmatlar uchun komissiyalar kamaytiriladi.

O‘zgarishlar, xususan, deraza va eshiklar, plitka va keramogranit, issiqxonalar, vannalar, dush kabinalari, kuzov ehtiyot qismlari, mototexnika va maxsus texnika toifalariga ta’sir qiladi. Toifaga qarab, komissiya miqdori 2%, 4%, 5%, 8% yoki 10% gacha pasaytiriladi.

Toifalarning batafsil ro‘yxati bilan havola orqali tanishish mumkin.

Yangilangan shartlar bilan tanishib chiqishingizni va marketpleysda sotuvni rejalashtirishda o‘zgarishlarni hisobga olishingizni so‘raymiz. Uzum Market marketpleysdagi ish sharoitlarini yaxshilash ustida ishlashni davom ettirmoqda.


Reklama huquqlari asosida

Теги :
Jamiyat