$
 12258.38
16.21
 14455.08
-67.81
 159.49
-0.41
weather
+26
Кечаси   +14°

Uzum Market bir qator toifalar bo‘yicha komissiyalarni yangilamoqda

r1

Uzum Market 2026-yil 18-fevraldan kuchga kiradigan komissiya mukofotlaridagi o‘zgarishlar haqida hamkorlarni xabardor qiladi.

O‘zgarishlar bir nechta yo‘nalishlarga, jumladan, «Go‘zallik va parvarish», «Sport» va «Oziq-ovqat mahsulotlari» toifalariga taalluqlidir. Sotuvchilarni qo‘llab-quvvatlash va assortimentni rivojlantirishni rag‘batlantirish uchun tovarlarning bir qismi uchun komissiyalar yangilandi, ayrim toifalar uchun esa kamaytirildi.

Yangi komissiya stavkalari bo‘yicha toifalarning to‘liq ro‘yxati bilan havola orqali tanishish mumkin.

O‘zgarishlar sotuvchilar uchun sharoitlarni optimallashtirishga qaratilgan bo‘lib, Uzum Market'dagi tovar toifalarining o‘ziga xos xususiyatlarini aks ettiradi.