UzAuto Motorsʼning O‘zbekiston bozoridagi ulushi qariyb 90 foizni tashkil qildi
“O‘zavtosanoat” AJ joriy yilning 5 oylik hisobotini taqdim etdi.
1 daqiqa o‘qiladi

“O‘zavtosanoat” AJ tayyorlagan hisobotiga ko‘ra, O‘zbekistonda joriy yilning yanvar-may oylarida 162 ming 608 dona avtomobil ishlab chiqarilgan.Xo‘sh, bunda qaysi zavodning ulushi yuqoriroq?
BYDning hissasi 3,5 foizni tashkil etdi
2024-yilning yanvar-may oylarida O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan avtomobillarning 89 foizi UzAuto Motors, 7,2 foizi ADM Jizzakh, 3,5 foizi BYD hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Hisobot davridagi ishlab chiqarishning brendlar kesimidagi ulushi quyidagicha:
UzAuto Motors – 144 ming 822 dona (umumiy ishlab chiqarilgan avtomobillarning 89 foizi);
ADM Jizzakh – 11 ming 663 dona (7,2 foiz);
BYD Uzbekistan Factory – 5 ming 654 dona (3,5 foiz);
Jizzakh Auto – 200 dona (0,1 foiz);
SamAuto – 137 dona (0,1 foiz);
AsakaMotors – 132 dona (0,1 foiz).

2023-yilda ulushlar qanday bo‘lgan?
Kun.uzning ma’lum qilishicha, 2023-yilda O‘zbekiston yengil avtomobillar bozori hajmi 456 ming 347 donani tashkil etgan. Shundan UzAuto Motors hissasiga 4 mlrd. 852 mln. dollarlik 369 ming 999 dona avtomobil, ADM Jizzakhʼga 823 mln. dollarlik 25 ming dona avtomobil to‘g‘ri kelgan. Shuningdek, 2023-yilda 291 mln. dollarlik 8 ming 948 dona BYD avtomobili, 1 mlrd. 197 mln. dollarlik 50 ming 435 dona boshqa rusumdagi avtomobillar import qilingan.



