$
 12927.17
36.74
 14717.58
-3.29
 155.73
-0.31
weather
+26
Кечаси   +14°
textileads

UzAuto ayrim mashinalari uchun foizsiz muddatli to‘lov joriy etmoqda

Uzauto

UzAuto Motors ayrim mashinalari uchun foizsiz muddatli to‘lov joriy etmoqda.

Maʼlum bo‘lishicha, kompaniya Chevrolet Onix va Tracker modellarini sotishda mazkur usulni qo‘llaydi va bu “Qurbon Hayiti munosabati bilan” bo‘ladi.

Arizalar qabul qilish 

Muddatli to‘lov uchun arizalar bugun, 14-iyundan boshlanadi.

Bunda Chevrolet Onix uchun talabgor oldindan 50 foiz to‘lov qiladi va qolgan qismini 2 yil davomida foizsiz to‘lab boradi. Bunda summa xaridor uchun oyiga 3,7 mln so‘mdan tushadi.

Shuningdek, ikkinchi mahsulot bo‘lgan Tracker uchun 2 ta muddatli to‘lov taʼriflari amal qiladi. Birinchisi 18 oylik bo‘lib, unda 60 foizlik boshlang‘ich to‘lov qilinadi va qolgan qismi 18 oy davomida 4,9 mln so‘mdan to‘lab boriladi.

Ikkinchi taʼrif esa 2 yillik bo‘lib, unda oldindan 70 foiz to‘lov bo‘ladi va qolgan qismi 24 oy davomida 2,7 mln so‘mdan qoplab boriladi.

Теги :
Jamiyat