$
 12869.90
-4.96
 13496.66
-28.38
 124.94
1.88
weather
+26
Кечаси   +14°

Cobalt yana qayta sotuvga qo‘yilmoqda

Cobalt

“UzAuto Motors” yana “Chevrolet Cobalt” avtomobili uchun kontraktatsiyani ochmoqda. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Kompaniya matbuot xizmati axboroti

Kompaniya matbuot xizmatining xabar berishicha, shartnoma berish jarayoni 19-dekabr kuni kuni soat 10:00 da boshlanadi. Bunda “GX-Style AT Plus” va “GX-Midnight AT” modifikatsiyasi uchun shartnoma tuzish mumkin bo‘ladi. Kompaniyaning qayd etishicha, kontraktatsiyaga avvalgi tuzilgan shartnomalar uchun belgilangan vaqtda to‘lov amalga oshirilmagan hajmlar qayta qo‘yiladi.

Xarid qilish uchun nima qilish kerak?

Avtomobillarni xarid qilish uchun shartnomalar onlayn tarzda savdo.uzavtosanoat.uz sayti orqali amalga oshiriladi. “Telegram"-bot hamda “UzAvtosavdo” ilovasi orqali esa navbatni kuzatish hamda mavjud avtomobillar haqida ma’lumot olish mumkin. Avtomobil xaridi uchun tuzilgan shartnomalar bo‘yicha to‘lov 7 kun ichida amalga oshirilishi kerak. Savollar yuzasidan kompaniyaning +998 78−141−7777 raqami orqali ma’lumot olish mumkin.

Bundan avvalgi savdo miqdori

Avvalroq “UzAuto Motors” 11-dekabr kuni “Chevrolet Cobalt” avtomobili uchun kontraktatsiyani ochgan edi. Chorshanba kuni o‘tkazilgan shartnoma berish jarayoni soat 14:48 holatiga yakunlangan. Savdo.uzavtosanoat.uz platformasida “GX-Style AT Plus” va “GX-Midnight AT” modifikatsiyasi uchun jami 22 003 ta shartnoma tuzilgan. Shundan 21 933 tasi “One-ID” tizimida ro‘yxatdan o‘tgan jismoniy shaxslar, 70 tasi esa yuridik shaxslar tomonidan amalga oshirilgan. O‘z navbatida, realizatsiya qilingan avtomobillarning 6 574 donasi “GX-Style AT Plus”, 15 429 donasi “GX-Midnight AT” hissasiga to‘g‘ri keladi.

Kiberhujumlar

Kompaniya matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, onlayn kontraktatsiya jarayonida “UzAutoSavdo” tizimida 22,7 ming kiberhujum amalga oshirilgan. Platforma faoliyatida uzilishlar kuzatilmagan. Tizimda bu vaqt ichida 6 mingdan ortiq faol seanslar va soniyasida 3 mingdan ortiq ulanishlar qayd etildi. “Call-markazi” orqali 1 362 mijoz murojaati qabul qilinib, ko‘rib chiqilgan.

Теги :
Jamiyat