Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 86 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +14° kechasi +9°
Читать на русском

UzAuto aksiyadorlarga dividendlar to‘laydi

Umumiy hisobda UzAuto Motors’ning birinchi yarim yilda taqsimlanmagan foydasi 8,5 trillion so‘mni tashkil etdi.

2 daqiqa o‘qiladi

UzAuto aksiyadorlarga dividendlar to‘laydi

UzAuto Motors aksiyadorlarga dividendlar to‘laydi. Korporativ axborot yagona portali ma’lumotlariga koʻra, qaror 2024-yil 25-oktabrda boʻlib oʻtgan aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida (AUY) ma’qullangan.

Har bir oddiy aksiya uchun 620 so‘m

Dividend har bir oddiy aksiya uchun 620 so‘m miqdorida to‘lanadi. Avtomobil ishlab chiqaruvchining qimmatli qog‘ozlari birjada 62 ming so‘mdan sotilmoqda (2024-yil 29-oktabr holatiga). Shunday qilib, dividend daromadliligi 1foizni tashkil qiladi. Mablag‘lar investorlar hisobiga 25-oktabrdan 25-dekabrgacha o‘tkaziladi. Buning uchun elektron pochta orqali ariza yuborish talab etiladi. Brokerlar dividendlar olish uchun ariza yozish bo‘yicha ma’lumotlarni taqdim etishdi.

167,9 milliard so‘m dividendlar

Umumiy hisobda UzAuto Motors’ning birinchi yarim yilda taqsimlanmagan foydasi 8,5 trillion so‘mni tashkil etdi. Umumiy yig‘ilishda dividendlar to‘lash uchun atigi 167,9 milliard so‘m ajratishga qaror qilindi. Mablag‘larning qolgan qismi, ya’ni 8,37 trillioni kompaniya balansida qoladi. Dividendlarning faqat kichik bir qismi chakana investorlar oladi, chunki aksiyalarning faqat kichik bir qismi birjada sotiladi. Kompaniyaning 2023-yilda bo‘lib o‘tgan IPO’si davomida qimmatli qog‘ozlarning atigi 0,29 foizi sotilgan.

Soliq imtiyozlari masalasi

Yaqinda, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi O‘zbekistonda yirik avtomobil ishlab chiqaruvchilarga 2024-yilning dastlabki olti oyida berilgan soliq va bojxona imtiyozlari hajmlari hisobotini e’lon qilgani haqida xabar bergan edik. Mazkur masala bo‘yicha UzAuto Motors 317,2 mlrd. so‘m soliq imtiyozlaridan foydalanganligi ma’lum bo‘lgan. Avtomobil ishlab chiqaruvchi zavodlar orasida UzAuto bu raqamlar bilan ikkinchi o‘rinni egallagan. Birinchi o‘rin esa 366,6 milliard so‘mlik imtiyozlar bilan BYD Uzbekistan Factory egallagan. Uchinchi o‘rin ADM Jizzakh’ga nasib qilgan.