$
 12920.48
-7.79
 13436.01
-26.2
 130.17
0.51
weather
+26
Кечаси   +14°

“Uychi tumani tajribasi” ishsiz 62,9 ming yoshning bandligini ta’minladi

uychi

AOKAda Yoshlar ishlari agentligi axborot xizmati rahbari Nodir Abduqodirov ishtirokida bo‘lib o‘tgan brifingda 2024-yilda yoshlar bilan ishlash yo‘nalishida erishilgan yutuqlar muhokama qilindi.

“Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” natijalari

2024-yil “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” doirasida yoshlar uchun 100 dan ortiq yangi imkoniyat va imtiyozlar taqdim etildi. Bu jarayonda 3 ta qonun, 21 ta Prezident farmoni va qarori, shuningdek, 15 ta Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilindi.

Yil boshida 9 452 ta mahallada o‘tkazilgan xatlov orqali 8,3 mln yoshning “yoshlar balansi” shakllantirilib, ularning muammolari, qiziqishlari va iqtidorlari asosida tizimli ishlar amalga oshirildi.

Yoshlar bandligi dasturi orqali yangi imkoniyatlar

377 ming yosh uchun ishlab chiqilgan “Yoshlar bandligi dasturi”ni amalga oshirish uchun Respublika komissiyasi va Davlat xavfsizlik xizmati nazorati ostida maxsus shtablar tashkil etildi. Natijada:

  • 152 ming 742 yoshga dehqonchilik uchun 56 ming gektar unumdor yer ajratildi va ikki mavsumda 165,4 ming tonna mahsulot yetishtirildi.
  • 14 ta hududda “Uychi tumani tajribasi” joriy qilinib, 62,9 ming ishsiz va norasmiy faoliyatdagi yosh ish bilan ta’minlandi.

Tarbiyasi og‘ir yoshlar bilan ishlash

Davlat idoralari rahbarlari tomonidan 123 ming tarbiyasi og‘ir yoshga shaxsiy yondashuv asosida yordam ko‘rsatilib, ularning 76,5 mingiga muammolarini hal qilishda ko‘mak berildi. Shuningdek, huquqni muhofaza qiluvchi organlar 4 mln yosh bilan muloqot o‘tkazib, 369 mingdan ortiq yoshning muammolari yechim topdi.

Jinoyatchilikdan holi hududlar

“Yoshlar daftari”ga kiritilgan 197,2 ming yoshdan 176,5 mingiga 251,7 mlrd so‘mlik yordam ko‘rsatildi. Natijada, 3 643 mahalla yoshlar jinoyatchiligidan to‘liq xoli hududga aylandi.

“Yoshlar forumi – 2024” loyihasi

Yoshlarni xorijiy til va zamonaviy kasblarga o‘rgatish maqsadida “O‘quv markazlari forumi” o‘tkazilib, unda yuqori reytingli 3 mingga yaqin o‘quv markazi qatnashdi. Shuningdek:

  • “Eng namunali yosh lider” tanlovi finalida 280 ishtirokchidan 30 nafari taqdirlandi.
  • Zakovat arenada “Intellektual olimpiada” o‘tkazilib, 50 ming yosh qamrab olindi.

Kasblar tanlovi va dehqonlar forumi

Samarqandda o‘tkazilgan “Kasblar tanlovi”da novvoylik, dizayn, elektromontaj, payvandchilik va qurilish yo‘nalishlarida eng munosib yoshlar aniqlandi. Namanganda “Yosh dehqonlar” forumi o‘tkazilib, yoshlar yetishtirgan mahsulotlar yarmarkasi tashkil qilindi.

Xalqaro loyihalar va MDH yoshlar poytaxti

“Toshkent — MDH yoshlar poytaxti” xalqaro loyihasi yakunida estafeta Ozarbayjonning Gabala shahriga topshirildi. Ushbu loyiha doirasida 650 nafar xalqaro va mahalliy volontyor ishtirok etdi.

2025 yil – yashil iqtisodiyot va atrof-muhitni asrash yili

2025-yil uchun yoshlar siyosati bo‘yicha takliflarni qabul qilish uchun www.yoshlarforumi.uz platformasi ishga tushirildi. Dekabr oyida o‘tkazilgan tadbirlar orqali 1,5 mln yosh qamrab olindi.

Теги :
Jamiyat