$
 12808.03
14.65
 13612.37
16.85
 130.15
-0.58
weather
+26
Кечаси   +14°

Viloyatlarda ham uylar narxi pasayishni boshladi

Uy joy

Oktyabr oyida O‘zbekistonda uylar narxi deyarli o‘zgarmadi va atiga 0,1 foizga o‘sdi. Yillik hisobda narxlar 6,5 foizga oshdi, deb yozmoqda Bankir.

Ikkilamchi uylar pasayishda davom etmoqda

Toshkentda ikkilamchi uylar narxi hamon pasayishda davom etmoqda. O‘tgan oyning o‘zida narx 1,5 foizga tushgani yillik narxlarning ham pasayishiga olib keldi — 1,3 foizga. Uylar Bektemir va Yashnobod tumanlarida sezilarli arzonlamoqda. 

Viloyatlardagi holat

Ko‘chmas-mulk narxi viloyatlarda ham pasayishni boshladi. Dastlabki yirik narx tushishini Namangan, Samarqand va Xorazm viloyatlari boshdan kechirdi. 

1 kv m uchun eng qimmat uylar Toshkentda bo‘lib turibdi — o‘rtacha 1 100 dollar. Keyingi pog‘onalarda Samarqand va Toshkent viloyati bormoqda. 

Poytaxtda ijara bozori

Toshkentda uylarning ijara bozori oktyabr oyida barqaror bo‘ldi va o‘rtacha narx o‘zgarishi kuzatilmadi — 1 kv m uchun 8,3 dollar. 

Sergeli va Uchtepa tumanlarida uylarning ijara narxi sezilari pasaymoqda (o‘rtacha 4,5 foizga). Shayxontohur, Mirobod va Yakkasaroyda esa narxlar yuqoriligicha qolmoqda. 

Umuman olganda Toshkent shahrida yil davomida uy-joy ijarasi 12 foizdan ko‘proq kamaydi. Eng katta pasayish Yashnobod (-18 foiz), Sergeli (-17 foiz) va Mirzo-Ulug‘bek (-15,2 foiz) tumanlarida qayd etildi.

Теги :
Jamiyat