$
 12884.62
-15.29
 13495.35
-12.15
 148.85
2.11
weather
+26
Кечаси   +14°
woodtech

Markaziy bank inflyatsiya kalkulyatorini ishga tushirdi

inflyatsiya kalkulyatori

O‘zbekiston Markaziy banki aholiga inflyatsiya ta’sirini baholash imkoniyatini beruvchi inflyasiya kalkulyatorini test rejimida ishga tushirdi. Ushbu vosita orqali fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari o‘z xarid qobiliyatining vaqt o‘tishi bilan qanday o‘zgarayotganini aniqlashlari mumkin.

Kalkulyator qanday ishlaydi?

Kalkulyator orqali foydalanuvchilar istalgan vaqt oralig‘ida ma’lum bir pul miqdorining real qiymati qanday o‘zgarishini hisoblashlari mumkin. U Iste’mol narxlari indeksi (INI) dinamikasi asosida hisob-kitoblarni amalga oshiradi va quyidagi ko‘rsatkichlarni taqdim etadi:

 • Kiritilgan mablag‘ning inflyatsiyaga mos ravishda yangi qiymati

 • O‘rta hisobda yillik va oylik inflyatsiya darajasi

 • Pulning sotib olish qobiliyatidagi o‘zgarishlar

Misol uchun, 2023-yil yanvar oyida 1 million so‘m bo‘lgan iste’mol savati 2025-yil yanvarida 1,2 million so‘mga teng bo‘ladi, ya’ni inflyatsiya tufayli uning qiymati 20 foizga oshadi.

Kalkulyator qanday ma’lumotlardan foydalanadi?

Inflyatsiya kalkulyatori Davlat statistika agentligi tomonidan e’lon qilinadigan rasmiy Iste’mol narxlari indeksi (INI) asosida ishlaydi. Shunday qilib, u real iqtisodiy sharoitni aks ettiradi va aholi uchun moliya rejalashtirishda muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi.

Markaziy bankning ushbu yangi kalkulyatori fuqarolar va tadbirkorlarga o‘z mablag‘larining inflyasiya ta’sirida qanday o‘zgarishini tushunish imkonini beradi. Bu uzoq muddatli moliyaviy rejalashtirish va xarajatlarni samarali boshqarishda yordam beradi.

Теги :
Iqtisodiyot