Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 96 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +10° kechasi +8°

Maktab xodimlariga har oylik 100 foizgacha ustama toʻlash tartibi joriy etiladi

Bu haqda prezident tegishli Farmonni qabul qildi.

2 daqiqa o‘qiladi

Maktab xodimlariga har oylik 100 foizgacha ustama toʻlash tartibi joriy etiladi

“Toshkent shahrida boks va gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktablari faoliyatini tashkil etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi prezident farmoni qabul qilindi. 

Sport maktablari uchun oʻquv rejalari

Farmonga koʻra, 2024-yil 1-sentyabrgacha ixtisoslashtirilgan sport maktablari uchun maqbullashtirilgan oʻquv rejalari ishlab chiqiladi. Bunda Oʻzbekiston tarixi va ingliz tili fanlarining chuqurlashtirilgan holda oʻqitilishiga hamda umumlashgan tabiiy fan va sport psixologiyasining zamonaviy usullarda oʻrgatilishiga alohida e'tibor qaratiladi.

Ikkinchi xorijiy tilni oʻrgatiladi

Ixtisoslashtirilgan sport maktablarida ikkinchi xorijiy tilni oʻrgatish yoʻlga qoʻyiladi. Har bir tuman va shahardan kamida 3 tadan eng namunali davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari tanlab olinib, gimnastika xonalari tashkil qilinadi. 

Ixtisoslashtirilgan sport maktablari

Farmonga muvofiq, ixtisoslashtirilgan sport maktablarida:

oʻquv-tarbiya jarayoni 5–11-sinflar doirasida maxsus ta'lim dasturlari boʻyicha tashkil etiladi;

qabul jarayonlariga xalqaro va mahalliy trener-selesionerlar jalb qilinadi;

ta'lim jarayoni oʻquvchilar soni 12 nafardan 24 nafargacha sinflarda amalga oshiriladi;

oʻquvchilarining umumiy cheklangan soni 168 nafar etib belgilanadi.

Mahalliy va xorijiy sport ustalari bilan mahorat darslari

2024/2025 oʻquv yilidan har yili mahalliy va xorijiy sport ustalari, trener hamda mashhur sportchilar ishtirokida mahorat darslari oʻtkaziladi.

Farmonga asosan, ixtisoslashtirilgan sport maktablari oʻquvchi-sportchilari Oʻzbekiston chempionati va kubogi musobaqalarida alohida jamoa sifatida toʻgʻridan-toʻgʻri ishtirok etadi.

Xodimlarga har oylik 100 foizgacha ustama toʻlanadi

Shuningdek, ixtisoslashtirilgan sport maktablari tizimida boks va gimnastika boʻyicha trenerlar maktabi tashkil qilinadi. 2024-yil - sentyabrdan ixtisoslashtirilgan sport maktablari xodimlariga har oylik 100 foizgacha ustama toʻlash tartibi joriy etiladi.