$
 12720.00
-7.96
 13827.91
46.07
 140.04
0.58
weather
+26
Кечаси   +14°

Ayrim maktablar rahbariyati va o‘qituvchilariga 40 foizgacha ustama beriladi

pul money

“Sifatli ta’limni ta’minlashda ijobiy natijalar ko‘rsatayotgan umumiy o‘rta ta’lim maktablari rahbariyati hamda o‘qituvchilariga ustama berish tartibini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” hukumat qarori qarori qabul qilindi.

40 foizgacha ustama

Prezident farmoni bilan ta’lim sifatini oshirish maqsadida respublika bo‘yicha 500 ta maktabda Prezident va ixtisoslashgan maktablar o‘quv dasturi, baholash tizimi joriy etilishi belgilangandi. Yangi tizimni samarali tashkil etgan, ta’lim berish yo‘nalishida yuqori ko‘rsatkichlarga erishgan o‘qituvchilarga maoshiga har oylik 40 foizgacha ustama berish tartibini joriy qilish nazarda tutilgan.

Hukumat qarorida belgilanishicha, 2023/2024-o‘quv yilidan boshlab o‘qitish va bilimni baholashning yangi tartibi joriy etilgan respublikadagi 500 ta umumumiy o‘rtya ta’lim maktablarining har briga 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab 2 tadan maktab biriktirilib, yangi tizimning qamrovi kengaytiriladi.

Maktablar ro‘yxati shakllantiriladi

2024/2025-o‘quv yilidan boshlab o‘qitish va bilimni baholashning yangi tartibini samarali joriy etgan, o‘quvchilari ijobiy ko‘rsatkichlarni qayd etayotgan umumiy o‘rta ta’lim maktablari rahbariyati hamda o‘qituvchilariga ustama berish tartibi joriy etiladi.

Rahbariyati va o‘quvchilari rag‘batlantirishga tavsiya etilgan umumiy o‘rta ta’lim maktablari ro‘yxati har o‘quv yili yakunida e’lon qilinadi hamda keyingi bir o‘quv yili davomida ushbu maktabning o‘quvchilariga mazkur qarorga muvofiq rahbariyati hamda o‘quvchilarning tarif stavkasiga nisbatan 40 foizgacha ustama beriladi.

Mablag‘ qayerdan ajratiladi?

Ushbu qarorning ijrosi uchun talab etiladigan mablag‘lar 2024-yilda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga ajratilgan mablag‘lar doirasida moliyalashtiriladi. 2025-yildan boshlab esa davlat byudjeti parametrlarida nazarda tutiladi.