Dushanba, 26-oktabr, 2026
Havo 87 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +16° kechasi +6°

O'zbekistonlik milliarder Alisher Usmonov Germaniyadagi bankni sudga berdi

"USM Holdings" asoschisi, milliarder Alisher Usmonov 7-iyun kuni Frankfurt-Mayn hududiy sudiga "UBS Europe SE" bankiga qarshi da’vo arizasi bilan murojaat qilgan.

2 daqiqa o‘qiladi

O'zbekistonlik milliarder Alisher Usmonov Germaniyadagi bankni sudga berdi

Ma'lum bo'lishicha, "USM Holdings" asoschisi, milliarder Alisher Usmonov 7-iyun kuni Frankfurt-Mayn hududiy sudiga "UBS Europe SE" bankiga qarshi da’vo arizasi bilan murojaat qilgan. Bu haqda tadbirkor manfaatlarini himoya qiluvchi advokat Stefani Rabenau “Kommersant” nashriga xabar beradi.

Bank shubhalari

2018–2022-yillarda bank Germaniya moliya organlariga shubhali moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirgani haqida “bir qator asossiz xabarnomalar” yuborgan. Bu esa Alisher Usmonovga qarshi “siyosiy sabablarga ko‘ra surishtiruvlar” o‘tkazilishiga turtki bo‘lgan. Advokat Rabenauning ta’kidlashicha, UBS banki Germaniyadagi Bojxona bosh boshqarmasining moliyaviy monitoring bo‘limiga “o‘ndan ortiq absurd va asossiz xabarnomalar” jo‘natgan. Ular orasida naqd pul yechib olish va ijara to‘lovlarida “pul yuvish” da’volari bor. Shu bilan birga, bank o‘z shubhalarini tasdiqlovchi hech qanday fakt keltirmagan, deya qayd etadi advokat.

Surishtiruv va tintuvlar

2022-yilda UBS bankining xabarnomalari Germaniyada Alisher Usmonovga qarshi surishtiruv boshlanishiga sabab bo‘lgan. Milliarderning Bavariyadagi ko‘chmas mulki va “Dilbar” yaxtasida tintuvlar o‘tkazilgan. Mazkur tergov va tintuvlar ommaviy axborot vositalarida yoritilgan va tadbirkorga nisbatan sanksiyalarni kengaytirish uchun ishlatilgan.

"UBS"ning xato va kamchiliklari 

“Bank xizmatlari shartnomasi va bank sirini saqlash qoidalariga zid ravishda UBS mijozlar ma’lumotlarining maxfiyligini buzgan, yolg‘on bayonotlar tarqatgan, shuningdek, umumiy shaxsiy huquqlarni qo‘pol ravishda buzgan.Bank tomonidan shartnomaning buzilishi Usmonovning obro‘siga katta miqdorda zarar yetkazilishiga va moliyaviy yo‘qotishlarga olib kelgan. Aslida, UBS begunoh shaxsni qonunga xilof ravishda javobgarlikka tortishni, shuningdek, mijoziga nisbatan sanksiya qo‘llashni qo‘zg‘atgan va yordam bergan”, — deydi milliarderning advokati.