$
 12198.28
-30.3
 14241.49
-41.49
 156.57
0.61
weather
+26
Кечаси   +14°

Alisher Usmonov yaqinda saylangan lavozimidan voz kechdi

Usmonov

Alisher Usmonov Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi (FIE) prezidenti vazifasini ixtiyoriy ravishda to‘xtatishga qaror qilganini ma’lum qildi. Bu haqida RIA Novosti xabar berdi.

1-dekabrdagi FIE yig‘ilishi

Ayrim manbalarga ko‘ra, Alisher Usmonov tashkilot samarali ishlashini ta’minlash maqsadida shunday qarorga kelgan. 2024-yil 1-dekabr kuni yig‘ilish o‘tkazgan FIE ijroiya qo‘mitasi federatsiyaning uzluksiz faoliyatini ta’minlash maqsadida Usmonovning qarorini qabul qilgan va ratifikatsiya qilgan. Emmanuel Katsiadakis federatsiyaning vaqtincha rahbari etib tayinlangan.

Sabab xalqaro sanksiyalar

RIA tadbirkorga tayanib ma’lum qilishicha, lavozimdan o‘z ixitiyori bilan ketishiga xalqaro sanksiyalar sabab bo‘lgan. Milliarder o‘ziga qarshi joriy etilgan sanksiyalarning Xalqaro qilichbozlik federatsiyasiga (FIE) ta’sir qilmasligi uchun tashkilot prezidenti vazifasini ixtiyoriy ravishda to‘xtatishga qaror qilgan.

Bundan avvalgi ketishga ham sanksiyalar sabab bo‘lgan

Bundan avval, Usmonov 2008-yildan 2022-yilgacha FIE rahbari bo‘lgan. Unda ham tadbirkor Ukrainadagi urush boshlangach, o‘ziga nisbatan joriy qilingan sanksiyalar ortidan ushbu lavozimni tark etgan edi.

Eslatib o‘tamiz, 30-noyabr kuni Toshkentda o‘tkazilgan qurultoyda Alisher Usmonov ko‘pchilikning ovoz bilan Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi (FIE) prezidenti etib saylangan edi.

Теги :
Jamiyat