$
 12790.12
-4.9
 13936.11
42.0
 130.03
-1.59
weather
+26
Кечаси   +14°

Ikki yarim yillik tergovda Usmonovga qarshi dalillar topilmadi

Usmonov

Frankfurt-na-Mayn (Germaniya) bosh prokuraturasi o‘zbekistonlik tadbirkor Alisher Usmonovga nisbatan jinoiy daromadlarni legallashtirish bo‘yicha tergovni to‘xtatdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi tadbirkorning advokatlariga tayanib xabar berdi.

Ikki yarim yillik tergov

Unga ko‘ra, ikki yarim yil davomida tergov milliarderga qarshi dalillar topa olmadi va o‘z navbatida, prokuratura tadbirkorni jinoiy javobgarlikka tortishni butunlay to‘xtatdi.

Usmonovga nisbatan tergov 2022-yil iyun oyida boshlangan edi. Qidiruvlar milliarderga aloqador kompaniyalarda o‘tkazildi. Keyinroq sud tintuv o‘tkazishni noqonuniy, tadbirkorga nisbatan qo‘yilgan gumonlarni esa asossiz deb topdi.

Usmonov ham da’volaridan voz kechgan

Milliarder vakillarining aytishicha, ta’qiblar tugaganidan keyin Alisher Usmonov Frankfurt-Mayn bosh prokuraturasi va uning mansabdor shaxslariga qarshi da’volaridan voz kechgan. Bundan tashqari, tadbirkor Gessen federal shtatidan ko‘rilgan zararni qoplashni talab qilmaslikka qaror qilgan.

OAV va Usmonov

Tergov davrida milliarderga nisbatan ko‘plab OAV surishtiruv hamda Usmonovni aybdor deb topuvchi ko‘plab maqolalar e’lon qilgan. Alisher Usmonovning matbuot xizmati ma’lum qilishicha, 2022–2024-yillarda Yevropaning bir qator OAV, xususan Germaniya matbuoti birinchilardan boʻlib, biznesmenga nisbatan oʻz ayblarini isbotlay olmaganliklarini tan olishgan va ularning noqonuniy tarqatilishini toʻxtatish boʻyicha yozma majburiyatlarni imzolagan.

 

Теги :
Jamiyat