$
 12142.10
-52.11
 14079.98
95.66
 150.53
0.56
weather
+26
Кечаси   +14°

Urushda qatnashish uchun Rossiya armiyasiga qoʻshilgan oʻzbekistonlik qamaldi

uy qamog

Joriy yilning 24-iyun kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi JIB Amudaryo tumani sudida sudlanuvchi X.X.ga (ismi oʻzgartirilgan, erkak) oid jinoyat ishi koʻrib chiqildi.

RF Mudofaa Vazirligi Moskva shahar boʻlimi bilan shartnoma

Sudlanuvchi X.X. 2023-yilning dekabr oyida Moskva shahriga ishchi boʻlib ishlash maqsadida chiqib ketib, u yerda mehnat migranti sifatida turli qurilish obyektlarida ishlab kelgan. Joriy yil 5-fevral kuni boshida 195 000 rubl, keyinchalik har oy 240 000 rubl miqdorida oylik maosh evaziga Rossiya tarafini olib, Ukraina davlatiga qarshi harbiy harakatlarda qatnashish uchun RF Mudofaa Vazirligi Moskva shahar boʻlimi bilan shartnoma tuzgan.

“Oddiy askar” maxsus harbiy unvoni berilgan

Shundan soʻng, X.X. va dastlabki tergovda shaxsiga aniqlik kiritishning imkoni boʻlmagan mehnat migrantlari bilan birgalikda Moskva viloyatida joylashgan RF Mudofaa Vazirligiga qarashli “Avangard” nomli harbiy lagerida harbiy oʻquv-mashgʻulotlarda qatnashib, jangovar tayyorgarlikdan oʻtish va harbiy koʻnikmalarni shakllantirish uchun olib kelingan. X.X.ga “oddiy askar” maxsus harbiy unvoni berilib, “oʻqchi” lavozimi tayinlangan. U harbiy lagerda maxsus harbiy jangovar tayyorgarlikdan oʻtgan.

Erkak harbiy lagerdan qochgan

X.X. joriy yil 9-fevral kuni harbiy lagerdan qochib, RFdan Oʻzbekistonga “Moskva-Urganch” aviareysi orqali uchib, oʻzining Qoraqalpogʻiston Respublikasi Amudaryo tumanidagi doimiy yashash manziliga qaytib kelgan.

3 yillik uy qamog‘i

Sud hukmiga koʻra, sudlanuvchi X.X. JKning 154-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topildi va unga shu modda bilan JKning 57-moddasini qoʻllagan holda 3 yilga ozodlikdan cheklash jazosi tayinlandi. Jazoni oʻtash manzili etib uning doimiy yashash joyi belgilandi. Sudlanuvchi X.X. yashash joyidan soat 21:00 dan 06:00 ga qadar chiqib ketishi cheklandi.

Теги :
Jamiyat