O‘tgan yili davlatlar miqyosida 59 ta urush va qurolli nizolar qayd etildi
Bu Ikkinchi jahon urushidan beri eng yuqori ko‘rsatkich.
1 daqiqa o‘qiladi

2023-yilda davlatlar miqyosida 59 ta urush va qurolli nizo qayd etilgan. Bu haqda Uppsala universiteti (Shvetsiya) mutaxassislari hisob-kitoblarida keltirilgan.
1946-yildan beri eng yuqorisi
Unda keltirilishicha, bu qurolli to‘qnashuvlar haqida ma’lumotlar yig‘ish boshlangan 1946-yildan buyon eng katta ko‘rsatkich.
Bundan oldingi eng yuqori cho‘qqilar 2020 va 2022-yillarga to‘g‘ri kelgan. Ushbu yillarda davlatlar orasida 56 tadan qurolli nizolar bo‘lgan.
Lekin qurbonlar soni qisqargan
Shu bilan birga, jangu jadallar oqibatida halok bo‘lganlar soni 2023-yilda 2022-yilga nisbatan ikki baravar qisqardi — 310 ming nafardan 154 ming nafargacha. Bu Efiopiyaning Tigray hududidagi o‘ta qonli urushning tugashi bilan bog‘liq, deyishmoqda mutaxassislar.
Ukraina va Hamas masalasi
2023-yilda Ukrainadagi jangovar harakatlar taxminan 71 ming kishining o‘limiga sabab bo‘ldi, Isroil va HAMAS o‘rtasidagi to‘qnashuvlar 21 ming kishini hayotdan olib ketdi, deyiladi UCDP ma’lumotlarida.



