Dushanba, 19-oktabr, 2026
Havo 97 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +12° kechasi +9°

Rossiyaliklarning yarmidan ko‘p jahon urushi boshlanishidan xavotirda

Russian Field nashri urush bilan bog‘liq so‘rov natijalarini e’lon qildi.

1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyaliklarning yarmidan ko‘p jahon urushi boshlanishidan xavotirda

Rossiyaliklarning 57 foizi yaqin yillarda yangi jahon urushi boshlanishi mumkinligidan xavotirda. Russian Field so‘rovi shuni ko‘rsatdiki, respondentlarning 36 foizi qarama-qarshi pozitsiyani egallaydi. Bu haqda Xabar nashri ma’lum qildi.

Deyarli har beshinchisining fikricha Rossiya bunday urushda g‘olib bo‘lolmaydi

Shu bilan birga, respondentlarning aksariyati (64 foizi) ehtimoliy urushda g‘alaba Rossiya tarafida bo‘lishiga ishonch bildiradi. Faqat 6 foizi dushman g‘alaba qozonadi deya hisoblaydi va deyarli har beshinchisi (18 foizi) bunday urushda g‘olib bo‘lmaydi deb hisoblaydi.

Urush paytida Rossiyaning potensial tarafdorlari

Urush paytida Rossiyaning potensial tarafdorlari orasida eng ko‘p Xitoy (58 foiz), Belarus (48 foiz), Eron (21 foiz), Shimoliy Koreya (20 foiz), Hindiston (15 foiz) va Qozog‘istonni (13 foiz) tilga olingan.

Rossiyaning eng potensial dushmani AQSh

Respondentlarning 6 foizi bunday urushda Rossiya ittifoqchilarsiz yolg‘iz qoladi, deb hisoblaydi. Respondentlar AQSh (71 foiz), Buyuk Britaniya (40 foiz), Fransiya (39 foiz), Germaniya (37 foiz) va Polshani (27 foiz) potensial raqib sifatida qayd etishgan. Faqat 12 foizi Ukrainani tilga olgan. 8 foiz rossiyalik butun NATO blokini, 7 foizi esa Yevropa Ittifoqini potensial dushman hisoblaydi.