$
 12694.97
40.84
 14878.50
60.51
 161.60
0.42
weather
+26
Кечаси   +14°
textileads

Rossiya — Ukraina urushi qanday yakun topishi mumkin?

Zelinskiy

Bloomberg tahlilchilari Rossiya-Ukraina urushi tugashining uchta ehtimoliy ssenariysini taxmin qilishdi. Agentlik izohiga ko‘ra, Trampdagi yuqori ishonchga qaramay, tinchlik kelishuviga erishish mumkinmi yoki yo‘qmi, hozircha noma’lum, chunki Putin hali ham “murosa ko‘chasiga” ishora qilmayapti.

Ehtimoli yuqori bo‘lgan ssenariy

Tahlilchilarga ko‘ra, Ukrainaning Rossiya tomonidan anneksiya qilingan hududlari yaqin kelajakda “muallaq holatda” va amalda Rossiya nazorati ostida qoladi. Ayrim hududlar, xususan, Kursk oblastining Ukraina qurolli kuchlari tomonidan ishg‘ol etilgan hududlari bilan bog‘liq almashuvlar istisno qilinmaydi. Ukraina ma’lum darajada xavfsizlik kafolatlarini qo‘lga kiritadi, muzokaralarning asosiy qismi esa ushbu kafolatlarning qanchalik kuchli bo‘lishiga qaratiladi. Ukrainaning NATOga qo‘shilishi hozircha istisno qilinayotgani sababli, ushbu kafolatlar bo‘yicha majburiyatlar bajarilishi bo‘lajak siyosiy rahbarlar qarorlariga bog‘liq bo‘ladi. Agar Yevropa Oq uy bilan yaxshi aloqa o‘rnatishga muvaffaq bo‘lsa, AQSHni Ukrainani qo‘llab-quvvatlashni davom ettirishga ishontirishi mumkin, bu vaqtda Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bu yo‘nalishda o‘z imkoniyatlarini kengaytiradi.

Ukraina uchun yoqimli ssenariy

Yana bir ssenariyga muvofiq, Rossiya tinchlik bitimi shartlarini buzgan taqdirda vaziyatga AQSH va Yevropa mamlakatlari aralashishi va’da qilinadi. Biroq Rossiya bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘qnashuv xavfi hatto Ukrainaning eng qat’iy tarafdorlarida ham tashvish uyg‘otmoqda. Buning o‘rniga, Kiyevning ittifoqchilari Ukrainaga harbiy yordamni kuchaytirish, Rossiyaga qarshi sanksiyalarni qayta joriy etish yoki kuchaytirish, Ukraina mudofaa sanoatini rivojlantirishga va Ukraina qurolli kuchlarini isloh qilishga ko‘maklashishga va’da berishi mumkin. Voqealar rivojining bunday varianti Ukraina 10 yil ichida Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lishiga yo‘l ochishi mumkin, bu esa o‘z navbatida Yevropa Ittifoqining sharqiy qanotini mustahkamlashga imkon beradi.

Eng yomon ssenariy

Mutaxassislar tomonidan taqdim qilingan eng yomon ssenariyga ko‘ra, Tramp hech qanday kelishuvga erishmasdan Ukrainaning kelajagiga qiziqishini yo‘qotishi, harbiy va moliyaviy yordamni to‘xtatishi, barcha muammolarni Yevropa zimmasiga tashlab qo‘yishi mumkin bo‘ladi.

Теги :
Jamiyat