$
 12149.84
7.74
 14003.91
-76.07
 151.10
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

Suriyadan keyingi nishon Markaziy Osiyo(mi?)

Suriya

27-noyabr kuni Suriyada Turkiya bilan aloqasi borligi aytiladigan “Hay’at Tahrir ush-Shom” terror guruhi va boshqa islomiy guruhlar prezident Bashar Asad nazorati ostidagi Suriya armiyasi va unga ittifoqdosh bo‘lgan guruhlarning Halab shahri g‘arbidagi pozitsiyalariga keng ko‘lamli hujum boshladi. Hujumlarga javoban Suriya armiyasi rossiyalik harbiylar bilan birgalikda qurolli guruhlar pozitsiyalariga zarba berish uchun aviatsiyani ishga soldi. 

 “Turkistonni ozod qilish”

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Suriyadagi muvaffaqiyatli harakatlar fonida terrorchilar o‘z faoliyatini kengaytirib, Markaziy Osiyoni egallashni rejalashtirmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti XTS yetakchisi Abu Muhammad al-Juloniy va Turkiston islom partiyasi yetakchisi Abu Muhammad at-Turkistoniy o‘rtasidagi suhbatdan parcha e’lon qilindi. Suhbat davomida al-Juloniy Damashq fath qilingandan keyin “Turkistonni ozod qilish”ga o‘tishlarini aytadi. Manbada qayd etilishicha, MO davlatlari armiyaning mudofaa qobiliyati chegaralarni mustahkamlash haqida bosh qotirib qolgani ham bejiz emas.

Fuqarolik urushi

Ma’lumot uchun, Suriyadagi fuqarolik urushi 2011-yilda — “Arab bahori” to‘lqinida hukumatga qarshi namoyishlar bilan boshlangandi. Namoyishlar turli isyonchi guruhlar va hukumat kuchlari to‘qnashuvlariga aylanib ketadi. Isyonchi guruhlarning mafkuralari turlicha edi, ammo ularni umumiy maqsad birlashtirgan — Asad rejimini ag‘darish. Turli isyonchi guruhlarni Turkiya, Saudiya Arabistoni, BAA kabi turli davlatlar, shuningdek, “Al-Qoida” va ISHID kabi guruhlar qo‘llab-quvvatlagan. Asad hukumati esa Rossiya, Eron va “Hizbulloh”dan yordam olgan.

Теги :
Jamiyat