Shimoliy Koreya harbiylari til muammosi sabab ukrain emas, rus qo‘shinlarini nishonga olmoqda
Ukraina razvedkasining xabar berishicha, KXDR harbiylari jang maydonida til bilan bog‘liq muammolarga uchramoqda.
1 daqiqa o‘qiladi

Ukraina razvedkasining xabar berishicha, KXDR harbiylari jang maydonida til bilan bog‘liq muammolarga uchramoqda.
Ukraina razvedkasi axboroti
Ukraina razvedka departamentining axborotiga ko‘ra, Shimoliy Koreya askarlari til bilan bog‘liq muammolar sabab rus qo‘shinlarini nishonga olmoqda. "Ushbu muammo sabab Shimoliy Koreya askarlari "Axmat" deb nomlangan batalonning mashinalariga “do‘stona o‘q” ochishgan. Natijada sakkiz nafar inson halok bo‘lgan", deyiladi razvedka bayonotida. Departamentning yozishicha, 14 dekabr holatiga ko‘ra, Rossiya va Shimoliy Koreya xodimlaridan iborat bo‘linmalarning taxminiy yo‘qotishlari 200 ga yaqin harbiy xizmatchilarni tashkil qiladi.
Zelenskiy xavotiri
Avvalroq Ukraina prezidenti Rossiya KXDR askarlarini hujumlarga jalb qila boshlaganini aytgan edi. Unga ko‘ra, Rossiya Shimoliy Koreya harbiylaridan hozirda faqat Kursk viloyatidagi janglarda foydalanmoqda, biroq ular frontning boshqa sektorlaridagi operatsiyalarga jalb etilishi mumkinligi haqida ma’lumotlar ham bor. "Bugun ruslar Shimoliy Koreyaning sezilarli miqdordagi askarlarini hujumlarda qo‘llashni boshlaganligi haqida dastlabki dalillar mavjud. Ruslar ularni birlashtirilgan bo‘linmalarga kiritib, Kursk viloyatidagi operatsiyalarda foydalanishmoqda", — degan Ukraina rahbari.



