$
 12820.47
5.69
 13470.47
27.77
 122.26
-1.24
weather
+26
Кечаси   +14°

Yaqin Sharqda tinchilik o‘rnatilish arafasida: Hizbulloh ortidan Hamas ham sulh tuzish niyatida ekanligini bildirdi

Livan

Hamas rasmiylari Isroil va Hizbulloh o‘rtasidagi tinchlik kelishuvini iliqlik bilan kutib olganini ma’lum qildi.

Sulh 

Bugun tongda AQSH prezidenti Isroil va Hizbulloh Livanda o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib olganini ma’lum qildi. Jo Bayden bu haqda Isroil va Livan bosh vazirlari bilan suhbatdan so‘ng X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yozdi. Unga ko‘ra, hujjat 27-noyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 4:00 da kuchga kiradi va 60 kun ichida Isroil Livan hududidan qo‘shinlarini bosqichma-bosqich olib chiqib ketadi. Baydenning ta’kidlashicha, Qo‘shma Shtatlar Fransiya va boshqa davlatlar bilan birgalikda mojaro tomonlariga "tinchlik kelishuvini amalga oshirish uchun zarur yordamni taqdim etadi". Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahuning idorasi mamlakat harbiy-siyosiy vazirlar mahkamasi Livanda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha taklifni ma’qullaganini tasdiqladi.

Hamasning munosabati

Hamas rasmiylari Isroil va Hizbulloh o‘rtasidagi tinchlik kelishuvini iliqlik bilan kutib olganini ma’lum qilgan. Shuningdek, ular G‘azoda ham o‘xshash kelishuvga erishilishidan umidvor ekanini bildirgan. “Biz Misr, Qatar va Turkiyadagi vositachilarga Hamas o‘t ochish va mahbuslarni ayirboshlash bo‘yicha jiddiy kelishuvga tayyor ekanini ma’lum qildik”, deya gapirgan guruh rasmiysi 27-noyabr kuni AFP bilan suhbatda. 

Livan uchun qimmatga tushgan urush

Ma’lumot uchun ushbu urush o‘laroq Livanda 3,500 dan ziyod inson halok bo‘ldi, milliondan ortiq inson uyidan qochdi, mamlakatning katta qismi vayronaga aylandi. Hizbullohning tarafdorlaridan tashqari ko‘plab livanliklar guruhni mamlakatni keraksiz urush domiga tashlashda ayblaydi.

Теги :
Jamiyat