"Tankalar o‘yini" boshlandi
O‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilib pora olganlar qo‘lga olindi.
1 daqiqa o‘qiladi

"Tankalar o‘yini" boshlandi
O‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilib pora olganlar qo‘lga olindi.
Universitetga kiritish "o‘yin"lari boshlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Ohangaron tuman bo‘limi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir o‘tkazildi.
Unda fuqaro I.T. fuqaro N.A.ning ishonchiga kirib, uni go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida Jismoniy tarbiya va sport universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga 3 500 AQSH dollarini olayotgan paytida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.
Tanishlariga ishonganlar
Yana bir holatda Departamentning Kattaqo‘rg‘on shahar bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Toshkent shahar temir yo‘l yuk hujjatlarini dasturga kiritish operatori S.E. fuqaro H.T.ning ishonchiga kirib, uning farzandini tanishlari yordamida Samarqand temir yo‘l texnikumiga o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga 2 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar qo‘lga olingan.
Jinoyat ishlari
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.



