$
 12803.06
26.0
 13902.84
-17.77
 131.84
0.4
weather
+26
Кечаси   +14°

Yer osti yo‘lini rekonstruksiya qilish bo‘yicha tender oʻtkazilmoqda

Yer osti yo

Toshkent shahar hokimligi yer osti piyodalar o‘tish yo‘lagini rekonstruksiya qilish bo‘yicha tender e’lon qildi.

Amir Temur va Ahmad Donish ko‘chalari chorrahasida joylashgan yer osti yo‘li

Loyiha doirasida Yunusobod tumanidagi Amir Temur va Ahmad Donish ko‘chalari chorrahasida joylashgan yer osti yo‘li DXSh(Davlat-xususiy sheriklik)asosida ta’mirlanadi.

Tender mazkur hududda savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish uchun 350 kv.metrlik yengil obyektlarni, shuningdek, oltita reklama nuqtalarini barpo etishni nazarda tutadi.

Talablar qanday?

Xususiy sherik obyektlarni va o‘tish yo‘lini 10 yil davomida saqlab turishi kerak. Xususiy sherikning umumiy xarajatlari 2,45 mlrd. so‘m (Markaziy bank kursi bo‘yicha $193 357)ga baholanmoqda.

Hamkor kamida 30ta ish o‘rni yaratishi va xodimlarning kamida 10%ini ijtimoiy reyestrda turgan oilalardan yollashi shart. Shuningdek, u reklamadan tushgan yig‘imlarning 1%ini poytaxt hokimligi hisobiga o‘tkazishi kerak.

Qayerga murojaat qilish kerak?

Qiziqish bildirish uchun nomzodlar so‘rov shaklini to‘ldirgan holda taqdim etishi va tender taklifini tayyorlashi kerak. Bundan tashqari, 33 532 000 so‘m miqdorida dastlabki to‘lov talab qilinadi.

Ariza va tender takliflarini 8-noyabrgacha toshkent@exat.uz toshkent@exat.uz elektron pochta manzili orqali jo‘natish mumkin. Batafsil ma’lumot bu yerda.https://www.imv.uz/announcements/category/elonlar/yengil-turdagi-savdo-maishiy-xizmat-korsatish-obektlarini-barpo-etish

DXSh loyihalarini moliyalashtirish toʻgʻrisidagi qaror

Estalib oʻtamiz, Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2021-yil 11-avgustda "Davlat-хususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish va ularni moliyalashtirish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi 509-son qarori qabul qilingan.

«Davlat-хususiy sheriklik toʻgʻrisida»gi Qonunga muvofiq davlat-хususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim doirasida хususiy sherikning va (yoki) kreditorning (kreditorlarning) manfaatlarini himoya qilish maqsadida qoʻllab-quvvatlashning quyidagi turlari taqdim etilishi mumkin:

subsidiyalar, shu jumladan хususiy sherikning DXSh loyihasini amalga oshirishdan oladigan, kafolatlangan eng kam daromadini ta’minlashga yoʻnaltiriladigan subsidiyalar;

DXSh loyihalarini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan aktivlar va mol-mulk tarzidagi qoʻyilmalar;

DXSh loyihasini amalga oshirish jarayonida ishlab chiqarilgan yoki yetkazib berilgan tovarlarning (ishlarning, хizmatlarning) muayyan miqdorini yoki bir qismini iste’mol qilganlik yoki ulardan foydalanganlik uchun toʻlovga yoʻnaltiriladigan Oʻzbekiston Respublikasi byudjeti tizimining byudjet mablagʻlari;

byudjet ssudalarini, qarzlarini, grantlarini, kredit liniyalarini va moliyalashtirishning boshqa turlarini berish;

investorlar tomonidan majburiyatlar bajarilishini ta’minlash maqsadida oʻzaro kelishuvga koʻra qoʻshimcha kafolatlar;

soliq imtiyozlari va preferensiyalari, shuningdek boshqa imtiyozlar;

boshqa kafolatlar va (yoki) kompensatsiyalar.

 Davlat-хususiy sheriklik loyihalarining manzilli roʻyхati tasdiqlandi

Quyidagilar tasdiqlandi:

Davlat-хususiy sheriklik loyihalarini moliyalashtirish;

2021-yilda Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan davlat-хususiy sheriklik loyihalarining manzilli roʻyхati.

Nizom davlat-хususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi byudjeti tizimining byudjet mablagʻlari, subsidiyalar, byudjet ssudalari va kredit liniyalarini berish tartibini belgilaydi. Moliyalashtirish va qoʻllab-quvvatlashning har bir turi boʻyicha ariza berish va uni koʻrib chiqish tartibi, хarajatlarni tahlil qilish, DXSh loyihasini amalga oshirish uchun mablagʻlar ajratish meхanizmi nazarda tutiladi.

Теги :
Жамият