Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 90 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +9° kechasi +8°

"Umra" ziyoratini tashkil etish endi litsenziyalanadi

Prezident imzolagan qonun natijasida ayrim hujjatlarga o‘zgartirishlar kiritildi.

1 daqiqa o‘qiladi

"Umra" ziyoratini tashkil etish endi litsenziyalanadi

"Umra" ziyoratini tashkil etish endi litsenziyalanadi

Prezident imzolagan qonun natijasida ayrim hujjatlarga o‘zgartirishlar kiritildi.

Litsenziyali alohida faoliyat turi

"Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida"gi Qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Endilikda "Umra" tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatishga doir faoliyat litsenziyalanadigan faoliyatning alohida turi sifatida belgilanmoqda.

Litsenziyalovchi organ va to‘lov

Bunda, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita mazkur sohadagi litsenziyalovchi vakolatli organ sifatida belgilandi. 

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tomonidan "Umra" tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha faoliyatini litsenziyalaganlik uchun to‘lanadigan davlat boji esa BHMning 10 baravari, ya’ni, 3mln 400 ming so‘m etib belgilandi.

Qonunbuzarlik holatida to‘lov qancha?!

"Umra" tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha faoliyat uchun litsenziya olish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun yuridik shaxslarga solinadigan jarimalar miqdorlari BHMning 200 baravari, ya’ni, 68 mln so‘m etib belgilandi.