$
 12948.10
-9.04
 14696.09
-6.38
 156.93
0.37
weather
+26
Кечаси   +14°
textileads

“Umra” tadbirlarini noqonuniy tashkil etgan “firma”larga chora ko‘rildi

Umra Умра

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita mamlakatimiz ziyoratchilarining “Umra” tadbirlarini xavfsiz va qonuniy tarzda bajarishlarini ta’minlash uchun noqonuniy faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlariga qarshi qat’iy choralar ko‘rmoqda. So‘nggi tekshiruvlarda litsenziyasiz faoliyat yuritayotgan bir nechta tashkilotlar va shaxslar aniqlanib, ularga nisbatan tegishli choralar qo‘llanildi. Bu haqda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Axborot xizmati xabar berdi.

Marg‘ilonda “Xurmo travel umra”ga jarima belgilandi

Farg‘ona viloyati, Marg‘ilon shahrida faoliyat yuritayotgan “Xurmo travel umra” MCHJ (Saxiy travel) fuqarolarga litsenziyasiz “Umra” tadbirlarini tashkil etgani aniqlangan. Tekshiruvlar davomida O‘zbekiston Respublikasining “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi qonuni talablariga rioya qilinmagan. Shu sababli mazkur tashkilotga nisbatan 200 BHM (75 mln. so‘m) miqdorida jarima belgilandi.

Denov va Chilonzorda noqonuniy xizmatlar

Surxondaryo viloyati Denov shahrida “Anor tour”, Toshkent shahri Chilonzor tumanida esa “Sokin travel” nomlari ostida jismoniy shaxslar davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan “Umra” tadbirlarini tashkil etayotgani fosh qilindi. Ushbu holatlarga oid hujjatlar huquq-tartibot organlariga yuborilib, tegishli chora-tadbirlar ko‘rilishi uchun topshirildi.

Ogohlikka chaqiriq

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita ziyoratchilarni faqat litsenziyaga ega bo‘lgan tashkilotlar orqali “Umra” ziyoratini amalga oshirishga chaqirmoqda. Noqonuniy tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan xizmatlar turli xavf va ko‘ngilsizliklarga olib kelishi mumkin.

“Umra” amallarini xavfsiz va qonuniy bajarish — har bir fuqaroning huquqi. Shuning uchun litsenziyasiz faoliyat yuritayotgan tashkilotlar xizmatidan foydalanishdan saqlaning”, deyiladi qo‘mita matbuot xabarida.

Теги :
Jamiyat