$
 12142.10
-52.11
 14079.98
95.66
 150.53
0.56
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbek futbolida yilning eng yaxshilari aniqlanmoqda

Eldor

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi 2024-yil yakunlariga ko‘ra, mamlakatning eng yaxshi o‘yinchisi nomiga da’vogarlar nomini ma’lum qildi.

Nomzodlarning deyarli barchasi milliy jamoa a’zosi

O‘FA matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 2024-yilda 14 nafar futbolchi ushbu sovrin uchun kurash olib boradi. "Yil futbolchisi" nomiga da’vogar 14 futbolchidan 13 nafari O‘zbekiston milliy jamoasi a’zolari, faqat "Dinamo" klubi vingeri Anvarjon Hojimirzayev Srechko Katanes tomonidan bosh jamoaga chaqirilmagan.

Eng yaxshi futbolchi 

O‘zbekistonning 2024-yildagi eng yaxshi futbolchisi nomiga da’vogar o‘yinchilar ro‘yxati quyidagicha:

Abbosbek Fayzullayev (SSKA), Husniddin Aliqulov (Rizespor), Abduqodir Husanov (Lans), Odil Hamrobekov (Navbahor), Abduvohid Ne’matov (Nasaf), Jaloliddin Masharipov (Istiqlol Eron), Akmal Mozgovoy (Nasaf), Oston O‘runov (Persipolis Eron), Anvarjon Hojimirzayev (Dinamo), Jamshid Iskanderov (Navbahor), Eldor Shomurodov (Roma), Otabek Shukurov (Al-Feyha), O‘tkir Yusupov (Navbahor), Sherzod Nasrullayev (Nasaf). Ma’lumot uchun, 2023-yilda Abbosbek Fayzullayev O‘zbekistonda yil futbolchisi deb topilgan.

Eng yaxshi murabbiy

O‘FA O‘zbekistonning 2024-yildagi eng yaxshi murabbiyi nomiga da’vogarlarni ham e’lon qildi. Unga ko‘ra, Ro‘ziqul Berdiyev (Nasaf), Mirjalol Qosimov (OKMK) va Temur Kapadze (Olimpik/O‘zbekiston o/j sobiq murabbiy) ushbu sovringa nomzodlar safiga kiritilgan.

Теги :
Jamiyat