$
 12820.47
5.69
 13470.47
27.77
 122.26
-1.24
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbek futboli kimning “qo‘liga” o‘tadi?

Abdusalom Azizov

Amaldagi O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti Abdusalom Azizov Davlat xavfsizlik xizmati raisi lavozimidan ozod etilgach, O‘FA rahbariyatida ham o‘zgarishlar bo‘lishi kutilmoqda. Ehtimoliy o‘zgarish sanasi ma’lum. 23-noyabr kechasida Davlat xavfsizlik xizmati raisi lavozimidan ozod etilgan general-leytenant Abdusalom Azizov amaldagi O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti hisoblanadi. 

O‘FAning taqdiri nima bo‘ladi?

O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmatining endilikdagi sobiq raisi 2019-yilning 15-iyulida O‘zbekiston Futbol assotsiatsiyasi prezidentligiga saylangan edi. U 2018-yil yanvaridan buyon rasman O‘FA rahbari lavozimini egallab kelgan Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Ochilboy Ramatov o‘rnini egallagan. 2021-yilning 25-sentyabriga kelib, O‘FAning navbatdagi hisobot-saylov kongressida Azizov qayta o‘z lavozimiga saylangan edi. O‘FAning amaldagi prezidenti DXXdan ketgach, ko‘plab muxlislarni Azizov tashkilotdagi faoliyat davom ettirish yo ettirmasligi qiziqtira boshladi. Shu savol bilan O‘FA vakillariga yuzalanilganda "To‘g‘risi, bu borada O‘FAda hech qanday yangilik yo‘q", deya javob olingan. 

O‘FA Kongressi 

Ma’lumotlarga ko‘ra, shu yilning 14-dekabr kuni O‘FAning navbatdagi Kongressi bo‘lib o‘tadi va katta ehtimol bilan shu kuni tashkilotga yangi rahbar saylanadi. Abdusalom Azizov futboldagi faoliyatini davom ettiradimi yoki uning o‘rniga yangi rahbar saylanadimi, buni aynan 14-dekabr kuni bilib olamiz.

Abdusalom Azizov haqida

Joriy yilda o‘zining 64 yoshini qarshilagan Abdusalom Azizov ushbu lavozimda 5-yildan buyon faoliyat o‘tkazib kelayotgandi. Abdusalom Azizovning faoliyat yo‘liga tashlar ekanmiz, u 2005–2006-yillarda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i, 2006–2006-yillarda “O‘zbekneftgaz” kompaniyasi raisi, 2006–2008-yillarda “O‘zneftmahsulot” raisi, 2008–2009-yillarda ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston Futbol federatsiyasi vitse-prezidenti, 2009–2017-yillarda Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i bo‘lgan. Azizov 2017-yil yanvar–sentyabr oylarida ichki ishlar vaziri, 2017-yil sentyabrdan 2019-yil fevralgacha mudofaa vaziri lavozimlarida faoliyat yuritgan. U 2019-yil 14-yanvar kuni general-leytenant harbiy unvonini olgach, bir oy o‘tib Ixtiyor Abdullayev o‘rniga DXX raisi etib tayinlanadi.

Теги :
Jamiyat